Majburiy ijro byurosining Koson tumani bo‘limi davlat ijrochisi M.Yangiboyev ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga ko‘ra undiruvchi S.Raxmatullayeva foydasiga qarzdor S.Subxonovdan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
O‘tgan davr mobaynida qarzdor aliment pullarini oyma-oy to‘lab kelgan. MIB Koson tuman bo‘limi xodimlari tomonidan mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida ijro hujjatidagi taraflar yarashtirilib, hozirgi kunda ular bir oila bo‘lib yashamoqdalar.