“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:49
ЎЗO‘Z

Qarshi tuman hokimligi tan oldi, o‘quvchilarga haqiqatan asfaltda dars o‘tilgan

14 okt, 09:10 3 500 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qarshi tuman hokimligi tan oldi, o‘quvchilarga haqiqatan asfaltda dars o‘tilgan Foto: Facebook / «Potrebitel.uz»
Qarshi tumanidagi 6-maktabda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari asfalt ustida o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi, biroq tuman xalq ta’limi bo‘limi bu xabarlarni rad etayotgan edi. Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va Qarshi tumani hokimligi ushbu holatni o‘rganib chiqdi va dars haqiqatan ham asfalt ustida o‘tkazilganini tasdiqladi.

Aniqlanishicha, maktabning 6-«G» sinfining birinchi guruhiga ingliz tili fanini o‘qituvchi Dilafro‘z Hasanova o‘tsa, ikkinchi guruhga Maftuna Zaripova dars beradi. Sinfda o‘quvchilar soni 32 nafarni tashkil etadi.

Asfalt ustidagi dars mashg‘uloti 10 oktyabr kuni Dilafro‘z Hasanova rahbarligida o‘tkazilgan. O‘qituvchi ushbu harakatini o‘sha kuni o‘tilgan mavzu tabiat bilan bog‘liqligi va o‘quvchilarga tabiatni jonli tarzda ko‘rsatishni maqsad qilgani bilan izohlagan.

Mavzu tabiat manzaralariga oid bo‘lganligi bois, o‘qituvchi dars mashg‘uloti tugashiga 10 daqiqa qolganida o‘quvchilarni maktab hovlisiga olib chiqqan va mavzuga doir ma’lumotlarni o‘quvchilarga shu yerda tushuntirishga harakat qilgan.

Ingliz tili fani metod birlashma rahbari D.Erkayeva esa dars mashg‘ulotini o‘qituvchi Nodira Qo‘ziboyevaning telefoni orqali videoga olgan. D.Erkayevaning aytishicha, u shunchaki tasvirga olgan va videolavha bunday tarqalib ketishini bilmaganligidan afsuslanmoqda.

Bunday holatning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganligidan o‘qituvchi Dilafro‘z Hasanova ham afsusda ekanligini bildirgan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Mamatqulovning aytishicha, maktab quvvati 1060 o‘rinli bo‘lib, ayni paytda mazkur ta’lim dargohida 1884 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Unda 141 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Maktab uchun 2018 yil 420 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilib barcha jihozlar, parta va stullar bilan ta’minlangan. Maktabda sinf soni 60 ta. Darslar 2 navbatda o‘qitiladi.

Qarshi tuman hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, maktabda o‘quvchilarga joy yetishmasligi muammosi yo‘q. Mazkur holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan maktab jamoasi va mas’ullarga tushuntirish berilgan va ta’lim-tarbiya jarayoniga yanada e’tiborli bo‘lishlari ta’kidlangan.

Avvalroq Zarafshondagi 2-maktabda 4-sinf o‘quvchilari, Farg‘onada esa 24-maktabda 1-sinf o‘quvchilari polda o‘tirgani, Sho‘rchida esa Surxondaryo viloyat ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni o‘qitishga ixtisoslashgan maktab-internatida o‘quvchilar polda yotgani aks etgan fotosuratlar tarqalgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar