“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 22:06
ЎЗO‘Z

«Ehtiyot bo‘ling: Oramizda sotqin bor!»

12 okt, 23:17 8 535 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ehtiyot bo‘ling: Oramizda sotqin bor!» Ijtimoiy tarmoqni titkilab o‘tirsangiz ora-orada “Narxozda o‘qiydigan Eshmat domlasi pora olayotganda videoga olib internetga chiqarib yuboribdi, keyin bu materialni internetda tarqatganligi sabab qat’iy ogohlantirilibdi”, “Toshmat ishxonasidagi adolatsizlikni yozgan ekan, maqolasi taqiqlangan saytlarda chiqib, ishdan haydalib ketibdi” qabilidagi turli xabarlarga ko‘zingiz tushadi. Aniq dalilni inkor qilishadi, kamiga esa bu shaxslarni noto‘g‘ri axborot tarqatuvchi sifatida baholab, “hayfsan”, ogohlantirish, jarima kabi “mukofotlar” bilan “siylashadi”.

Biror ta’lim muassasasi yoki tashkilot ichidan qonunga zid holat tushirilgan video, audio yoki rasm keng ommaga “sizdirib” chiqarilsa , ko‘p hollarda o‘sha tashkilot yoki muassasada katta ehtimol bilan telefonlar, noutbuklar tekshiruv komissiyasi o‘z ishini boshlab yuboradi. Hech kim tarqatilgan materialdagi holat ustida bosh qotirmaydi. Hammaning fikr-u xayoli o‘sha yaramas sotqinni topishda. Tarqatgan odam adolatni xohlagandi. Endi uni sotqin va xoinga chiqarishadi.

Jamiyatimizda insonlar ongini boshqarish uchun ayrim shaxslar haqiqatni aytayotgan odamlar tomon "u tuxmatchi, u sotqin, u xoin" deb yoppasiga tashviqot qilib, xalqning ishonchiga kirib olishga harakat qilishadi. Ming afsuslar bo‘lsinki, haq nohaqni ajratolmay arosatda qolgan, "olomonchilik" kayfiyatidagi xalqimiz hamon yuqori lavozim egalarini avliyo, ularning har bir so‘zini favqulodda qonun deb hisoblashadi.

To‘g‘ri, rahbarning so‘zi qonun bo‘lishi, buyruqlari bajarilishi shart, lekin bu rag‘bar xato qilmaydi, adashmaydi degani emas."Qo‘rqoq oldin musht ko‘taradi" deganlaridek, ularning kirdikorlarini ochgan odamni “bu xoin Vatanni sotdi” deb uydirma qilishadi.

Tanqidning muallifini emas, muammoning mohiyatini o‘rganish lozim!

Aslida ijtimoiy tarmoqda tarqalayotgan materiallar jamiyatga tutilgan ko‘zgudir. Ko‘zguga qarab biroz mushohada yuritishimiz, ko‘zguga qarashdan esa cho‘chimasligimiz kerak.
Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 119
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 20
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 28
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • Bo‘limlar