“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 07:18
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda non narxi oshadi

12 okt, 10:30 5 027 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda non narxi oshadi Foto: RIA Novosti / Aleksey Suxorukov
O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida qolipli non (buxanka)ning narxi 1500 so‘mga ko‘tariladi. Bularning barchasi don va un narxlarining erkinlashtirilishi tufayli ro‘y beradi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi boshida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashi hukumat va parlamentga G‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yuzasidan murojaatnoma bilan chiqdi. Yillar davomida aholini arzon un va non bilan ta’minlash masalasi g‘alla yetishtirish va uni qayta ishlashning davlat tomonidan qat’iyan boshqarilishi va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan g‘allaning bozor narxlariga nisbatan past narxlarda xarid qilish tamoyillari asosida hal qilinib kelindi.

Natijada, fermer xo‘jaliklarining hosildorlikni oshirish va g‘alla yetishtirish hajmini ko‘paytirishga qiziqishi pasayib, xarajatlarni faqat davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlar doirasida amalga oshirib, qo‘shimcha daromad olish uchun o‘z mablag‘larini yo‘naltirishdan manfaatdorligi bo‘lmadi.

Shu bilan birga, arzon unning katta qismi amalda aholining tegishli qatlamlariga yetib bormasdan bozor narxlarida sotildi, ya’ni qo‘yilgan maqsad – aholining manzilli ijtimoiy himoyasi ta’minlanmadi. O‘z navbatida donni qayta ishlash korxonalarida va savdo tashkilotlarida suiiste’mol qilish holatlari ham uchraydi.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, murojaat bo‘yicha deputatlar tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda mahalliy un aholiga qat’iy o‘rnatilgan davlat narxlarida yetib bormayotganligi, aholi unni bozor narxlarida sotib olayotganligini aytishgan.

Fermerlarning asosiy da’vosi hozirgi amaliyotda don tayyorlov korxonalari fermerlardan olgan g‘allasiga nafaqat o‘z vaqtida, balki ba’zida to‘liqligicha hisob-kitob qila olmayotganligidan iborat. Buning natijasida fermerlar ziyonga kirib ishlab, zarur texnika va kombaynlarni sotib ololmayotgani, texnika yetishmaslikdan hosilni kech, ushoqli donlar yarim to‘kilib ketgandan keyin o‘rib olayotganligi ma’lum bo‘ldi.

G‘alla xarid narxlari bozor narxlariga yaqinlashtirilgan sharoitda, bir qator don korxonalari fermer xo‘jaliklaridan qabul qilgan g‘alla uchun hisob-kitobni yakuniga yetkaza olmayaptilar. Buning sababi don korxonalari bug‘doyni bozor narxida xarid qilib, qayta ishlashdan tayyorlangan unning 1 kilosi uchun 1400 so‘mdan, ya’ni Hukumat tomonidan belgilab qo‘yilgan qat’iy narxda sotishlari bilan izohlashmoqda. Don korxonalari zarar ko‘rayotgani sababli, fermerlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qila olmayaptilar.

Unning tannarxi 2200-2400 so‘mni (birinchi nav unning kilosi) tashkil etadi, ammo «O‘zdonmahsulot» davlat narxi tufayli uni 1400 so‘mdan sotishga majbur.

Umuman olganda, hukumat don va un narxlarini erkinlashtirishga qaror qildi. Bu, o‘z navbatida, qolipli non narxining 1500 so‘mgacha ko‘tarilishiga olib keladi. Ayni paytda qolipli nonning ulgurji narxi bir donasi uchun 1000 so‘mga teng. Ko‘plab do‘konlarda uni 1100 so‘mdan sotishmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga “non kompensatsiya” puli sezilarli oshishi mumkin. Kompensatsiya miqdori oyiga 50 ming so‘mni tashkil etadi. Hozirda hukumat non uchun sarf-xarajatlarni qoplash uchun oyiga qariyb 1,6 million kishiga 22,5 ming so‘m to‘lamoqda.

O‘zbekistonda non narxi oxirgi marta 2018 yil sentyabr oyida 1100 so‘mga ko‘tarilgandi. Bundan oldin u ko‘p yillar davomida 600-650 so‘mni tashkil qilgan.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non olish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lovi joriy etilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 98
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 54
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 144
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 147
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 157
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 197
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar