“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 02:03
ЎЗO‘Z

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks loyihasi bo‘yicha ekspertlar muhokamasi davom etmoqda

11 okt, 23:43 3 167 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks loyihasi bo‘yicha ekspertlar muhokamasi davom etmoqda Joriy yilning 11 oktyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutida “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) ekspertlari Kristine Kore-Perkone (Latviya Respublikasi), Almat Gabbasov (Qozog‘iston Respublikasi), shuningdk, Bosh prokuratura Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun doirasida ko‘rilishi lozim bo‘lgan huquqbuzarliklarni amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdan chiqarish mezonlari, tadbirkorlik sohasiga oid huquqbuzarliklar yuzasidan ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan ekspert Almat Gabbasov o‘z xulosasida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganligi amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish va qayta ko‘rib chiqish hamda raqobatdosh normalar va huquqiy mexanizmlarni bekor qilishni taqozo etishini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan, huquqiy kolliziyalarni chiqarib tashlash maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalarini yaqin kunlarda kuchga kirgan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga asosan qayta ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksi loyihasi ekspertlar takliflari asosida takomillashtiriladi va umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 209
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 67
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 105
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar