“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:02
ЎЗO‘Z

Senat «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonunni ma’qulladi

11 okt, 16:47 2 685 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senat «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonunni ma’qulladi Senatning 23-yalpi majlisida «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mazkur qonun 12 bob, 63ta moddadan iborat bo‘lib, to‘lov bozorida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, to‘lov bozori ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilashni maqsad qiladi.

Qonunda belgilanishicha, to‘lov tizimi – uning operatori, ishtirokchilari va to‘lov tashkilotlarining belgilangan tartib-taomillarni, infratuzilmani va qoidalarni qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan to‘lovlarni amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlari majmuidir.

Mazkur qonunda to‘lov tizimi qoidalariga ushbu tizim ishtirokchilarining boshqa to‘lov tizimlarida ishtirok etishini cheklovchi shartlarni kiritish taqiqlanishi ham nazarda tutilgan bo‘lib, tizimning qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan hollarda, ularni qo‘llash tartiblari ham belgilangan.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Ilhomjon Abdug‘afforovning qayd etishicha, to‘lov tizimi operatori litsenziya olgan holda tizim qoidalarini o‘zi belgilaydi. To‘lov tizimi infratuzilmasining ishlashini ta’minlaydi. Tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar, risklarni boshqarishga to‘lov tizimi ishtirokchisi bo‘lgan banklar, tizim operatori mas’ul hisoblanadi.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Botir Zohidov mazkur qonunga asosan elektron pullarning muomalaga chiqarilishining afzalliklari xususida ma’lumot berdi.

«Elektron pullar O‘zbekiston uchun yangilik hisoblanadi. Elektron to‘lovning joriy etilishi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi, onlayn bozorning ommabopligini oshiradi. An’anaviy pullarga qaraganda elektron pullarda tranzaksion xarajatlari past, ular tezkor ishlaydi. Elektron pullarning nazorat mexanizmi Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi», - dedi Botir Zohidov.

Markaziy bank raisi o‘rinbosarining qayd etishicha, elektron pullar bilan amaliyot bajarishda ularni bir bazaviy hisoblash miqdori - 220 ming so‘mgacha identifikatsiya qilmaslik mumkin, undan ortiq bo‘lgan summa esa identifikatsiyani talab qiladi. Shuningdek, bitta elektron qurilma orqali besh bazaviy hisoblash miqdorigacha operatsiya amalga oshirilishi mumkin. Bitta operatsiyaning belgilangan eng ko‘p miqdori esa 22 mln so‘mni tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar