“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:26
ЎЗO‘Z

Germaniya elchisi muftiy qabulida bo‘lib, o‘zining savollariga javob oldi

10 okt, 21:09 2 919 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Germaniya elchisi muftiy qabulida bo‘lib, o‘zining savollariga javob oldi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Germaniya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeldni qabul qildi. Uchrashuvda muftiy hazratlari O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotgani, Diniy idoraning xalqaro aloqalari rivojlanib, diniy soha xodimlari AQSh, Rossiya, Ukraina davlatlaridagi tadbirlarida faol qatnashayotgani gapirib berdi. Bundan tashqari, nufuzli tashkilotlar, xorijiy davlatlar musulmonlari idoralari va elchixonalari bilan aloqalar taraqqiy etayotganiga katta urg‘u qaratdi.

Elchi Gyunter Overfeld janoblari samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdi:

– Elchixona vazifalariga diniy tashkilotlar va yetakchilar bilan ham hamkorlik aloqalarini yaxshilash ham kiradi. Shu maqsadda, biz O‘zbekistondagi diniy tashkilotlar bilan munosabatlarni o‘rnatishdan manfaatdormiz.

Ayni paytda O‘zbekistonda 400 ming kishi nemis tilini o‘rganmoqda, 50 dan ortiq turli yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishilgan. Iqtisodiy aloqalar 20 foizga, savdo aylanmasi 56 foizga ko‘tarilgan. Tabiiyki ikki davlat rahbarlarining hamkorlikda olib borgan ishlari mana shunday muvaffaqiyatlarga zamin bo‘ldi.

O‘zbekistonlik diniy soha xodimlari mehnat migrantlarining imon-e’tiqodi mustahkamligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholayman. Biz ham bunday ishlarda yaqindan yordam berishga tayyormiz. Germaniyada ham o‘zbek madaniy markazlari, milliy merosiga oid asori atiqalar juda ko‘p. Bu yil O‘zbekistondagi faoliyatimga ikki yil to‘ldi. Shu davr ichida mamlakatingiz juda katta natijalarga erishganiga guvoh bo‘ldim. Xususan, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Islom dini ma’rifatini o‘rgatish va rivojlantirish borasida juda katta ishlar qilindi. Tashkil etilayotgan turli xalqaro markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari fikrimni tasdiqlaydi, - dedi elchi janoblari.

Uchrashuv davomida janob Overfeld o‘zini qiziqtirgan bir qator savollarga muftiy hazratlaridan to‘liq javob oldi.

Manba: muslim.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 26
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar