“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:53
ЎЗO‘Z

Chortoq O‘zbekistonning eko-shahriga aylantiriladi

08 okt, 18:23 3 059 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chortoq O‘zbekistonning eko-shahriga aylantiriladi Bugun, 9 oktyabr kuni, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi binosida Jahon Banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va vazirlik vakillari ishtirokida «Infratuzilmani rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishdagi yangicha yondashuvlar» mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

Anjumanda moliyaviy instuitutlar tomonidan ajratiladigan mablag‘ evaziga qishloq hududlari infratuzilmasini yaxshilash va aholi yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihalar «Obod qishloq» dasturi doirasida 2020 yildan boshlab Jahon banki va mahalliy hukumat mablag‘lari asosida respublikaning yashash sharoiti og‘ir qishloqlariga tatbiq qilinadi. Vazirlik qoshida tashkil etilgan «Obod qishloq» loyihasi guruhi direktori Jamshid Fayozov loyiha qay tartibda amalga oshirilishi va unga sarflanadigan xarajatlar bo‘yicha axborot berdi.

«Loyiha respublikasning 400dan ortiq qishloqlarini qamrab olgan. Bu hududlar Farg‘ona, Namangan, Andijon, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida joylashgan. Sizlarga Kogon, Chortoq va Yangiyo‘l shaharlari infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan loyiha haqida ma’lumot taqdim etamiz. Nima uchun aynan bu shaharlar tanlangan? Chunki ularning har biri o‘ziga xos imkoniyatlarga ega. Masalan, Chortoq shahri shifobaxsh mineral suvi bilan mashhur.

Bu yerda maxsus eko yo‘lak qurmoqchimiz. Ushbu yo‘lak bo‘ylab sanatoriya tashkil qilinadi, salkam 60 kilometrli suv ta’minoti tizimi yaxshilanadi, 10 kilometr uzunlikdagi velosiped va piyodalar yo‘lakchasi, shuningdek, ko‘prik quriladi. Buxoroning Kogon shahrida esa tarixiy obidalar tiklanadi, Buxoro-Kogon avtobus yo‘nalishi ta’mirlanadi. Yangiyo‘l shahrida suv ta’minoti yaxshilanishi ko‘zda tutilmoqda», deya uning so‘zlarini keltiradi Kun.uz nashri.

Fayozovning qo‘shimcha qilishicha, ushbu loyihaga qariyb 125 mln AQSh dollari ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning 100 million dollari xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan yo‘naltiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 87
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 163
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 152
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 275
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 21
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 58
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 215
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 162
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 59
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 224
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 70
  • Bo‘limlar