“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:43
ЎЗO‘Z

To‘yxona egalari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishining oldi olinadi

05 okt, 19:15 3 858 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘yxona egalari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishining oldi olinadi O‘zbekistonda to‘yxona egalari tomonidan to‘y xarajatlarining asossiz ikki-uch baravar miqdorda oshirilishining oldi olinadi. Bu haqda To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida aytilgan.

Qayd etilishicha, bu borada doimiy ravishda to‘yxona egalari orasida uchrashuvlar va tushuntirish ishlarini olib boriladi. Mas’ullar - Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qo‘mitasi.

Shuningdek, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni namunali tashkil etish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlar raislari va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari reytingi yuritiladi. Bunda 2020 yil 1 yanvarga qadar Ichki ishlar vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlar raislari va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari reytingi mezonlari ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha muqaddas dinimizda ko‘zda tutilgan amallar va qoidalarni tushuntirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda imom-xatiblar e’tiborini:

- FHDYo organlari tomonidan kelin-kuyovlarga nikoh guvohnomasi berilgandan so‘ng shar’iy nikoh o‘qishga;

- mahallalardagi diniy-ma’rifiy uchrashuvlar, an’anaviy suhbatlar va juma namozlarida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, to‘ylarga sarpo va buyum yig‘ishga ruju qo‘ymaslik, ularni o‘tkazishda belgilangan talablarga amal qilishga;

- turli xil bid’at va xurofotlarning jamiyat hayotiga kirib kelishi oldini olish bo‘yicha nasihatlar berib borish zarurligi to‘g‘risidagi masalalarga qaratish mo‘ljallangan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi alohida chora-tadbirlar rejasiga muvofiq targ‘ibot tadbirlarini tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 52
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 180
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar