“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:52
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarini ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyotiga o‘tiladi

05 okt, 18:20 3 732 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda davlat xizmatchilarini ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyotiga o‘tiladi O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni (PF–5843-son, 03.10.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba tariqasida ayrim davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va hududlarda, 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatiga qabul ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshiriladi.

Endilikda, davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish va xizmatchilarning xizmat bo‘yicha o‘sib borishi bilan bog‘liq faoliyatda nomzodlarni adolatli baholab borish va ular orasidan eng munosiblarini tanlashga qaratilgan meriokratiya tamoyili qo‘llaniladi.

Shuningdek, Farmonga asosan davlat fuqarolik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etiladi.

Farmon bilan, Prezident huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Prezidentning davlat xizmati va vakillik organlari bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bir paytning o‘zida Agentlik direktori hisoblanadi.

Shu bilan birga, ushbu Agentlik huzurida Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 0
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 41
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 52
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 184
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar