“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:26
ЎЗO‘Z

Arzon unning katta qismi aholiga yetib bormasdan bozor narxlarida sotilayotgani ma’lum qilindi

04 okt, 17:20 3 534 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Arzon unning katta qismi aholiga yetib bormasdan bozor narxlarida sotilayotgani ma’lum qilindi 2019 yil 4 oktyabr kuni parlament quyi palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining rayosati tomonidan Oliy Majlisga g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yuzasidan qilgan Murojaatnomasi atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarning g‘alla yetishtirishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, shuningdek sohada iqtisodiy munosabatlarni to‘liq bozor mexanizmlariga o‘tkazish maqsadida g‘allaga nisbatan narxlarning erkinlashtirilishi va uning oqibatlari yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning dastlabki axborotlari eshitildi.

Murojaatnomada keltirilishicha, yillar davomida g‘alla yetishtirish va uni qayta ishlashning davlat tomonidan qat’iyan boshqarilishi va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan g‘allaning bozor narxlariga nisbatan past narxlarda xarid qilish tamoyillari asosida hal qilinib kelingan. Natijada, fermer xo‘jaliklarining hosildorlikni oshirish va g‘alla yetishtirish hajmini ko‘paytirishga qiziqishi pasayib, manfaatdorligi oshmagan.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan arzon unning katta qismi amalda aholining tegishli qatlamlariga yetib bormasdan bozor narxlarida sotilayotgani, o‘z navbatida, donni qayta ishlash korxonalari va savdo tashkilotlarida suiiste’mol qilish holatlari uchrayotgani qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi uch yilda qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar natijasida qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Davlat rahbarining tashabbusi bilan bir tonna g‘allaning xarid narxi 1 mln. 200 ming so‘m miqdorida belgilanishi va hosildorlikdan kelib chiqib 25 foizgacha ustama haq to‘lanishi natijasida g‘allaning o‘rtacha narxi 1 mln. 420 ming so‘mni tashkil etdi.

Lekin, don korxonalarida un mahsulotlari ishlab chiqarishda bozor iqtisodiyoti mexanizmlari yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida fermer xo‘jaliklaridan qabul qilgan g‘alla uchun hisob-kitobni yakuniga yetkaza olmayaptilar. Buning natijasida fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarning ertangi kunga to‘liq ishonch bilan qarashlariga imkon bermayapti.

Shuningdek, narxlarning erkinlashtirilishi g‘alla yetishtirishda moddiy manfaatdorlikni oshirish, g‘alla yetishtirish hajmlarining ko‘payishi bilan bir qatorda uning oqibatlariga ham e’tibor qaratildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar