“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:44
ЎЗO‘Z

Saida Mirziyoyeva ko‘zi ojiz bolalar uchun maxsus kompyuter markazini ochib berdi (foto)

03 okt, 22:55 5 137 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saida Mirziyoyeva ko‘zi ojiz bolalar uchun maxsus kompyuter markazini ochib berdi (foto) O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan 3 oktyabr, payshanba kuni Toshkent shahridagi ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida kompyuter markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Markaz Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida foydalanishga topshirildi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Marosimda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva yoshlarning ta’lim-tarbiyasi uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan «5 ta tashabbus»ni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganini ta’kidladi. Ushbu tashabbuslar orasida, xususan, kompyuter texnologiyalari va internetni boshqarish malakasini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish va yoshlar ma’naviyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Agentlik tomonidan taqdim etilgan kompyuterlar ko‘rishida muammo bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlariga maksimal darajada moslashtirilgan. Xususan, ular ekranda nutq interfeyslari yordamida maxsus o‘qish dasturi bilan jihozlangan bo‘lib, matn bloklari, yorliq nomlari va menyu bandlari ovozli eshitiladi.

Bundan tashqari, kompyuterda Agentlik tashabbusi va «Bolalik kunlarimda» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan audioertaklar, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bazasida saqlanadigan audikitoblar joylangan.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Shu bilan birga, audiomateriallar bilan jihozlangan kompyuter markazining muvaffaqiyatli faoliyati boshqa maktab-internatlar uchun ijobiy tajriba bo‘lib xizmat qiladi va alohida parvarishga muhtoj odamlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar