“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:48
ЎЗO‘Z

Huquqshunos: «Ular Nodira Qodirovani fohishalikda ayblash orqali o‘zlarini oqlab olishmoqchi»

02 okt, 21:00 3 316 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Huquqshunos: «Ular Nodira Qodirovani fohishalikda ayblash orqali o‘zlarini oqlab olishmoqchi» Turk deputati Shirin Unalning uyida o‘zini otib qo‘ygan Nodira Qodirova ishiga bog‘liq yana bir shubhali holat o‘rtaga chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, politsiya xodimlari marhumning yaqinlari bergan ayrim ko‘rsatmalarni qabul qilishni istamay, ulardan o‘z gaplarini qaytarib olishlarini so‘ragan.

Nodira Qodirova oilasining huquqshunosi, Bolalar va ayollar birinchi nomli assotsiatsiya rahbari Mujde Tozbey Erden Bianet`ga bergan intervyusida shu haqda aytib o‘tdi.

«Sizlar ularni noto‘g‘ri ayblayapsiz», deyish bilan Nodiraning do‘stlari va akasidan o‘z e’tirozlari hamda ko‘rsatmalarini qaytarib olishlari uchun uringan politsiya ofitserlariga chora ko‘rilishi lozim», – deydi Tozbey.

Mujde Tozbey Erden
Huquqshunosning so‘zlariga ko‘ra, mazkur holatga prokuratura suitsid deb baho bermay turib, politsiya tezda ana shunday e’lon bergani ham shubhalidir.

«Odatda, ayol kishi vafot etgan holatlarda o‘lim o‘z joniga qasd qilish oqibatida ro‘y berganmi yoki yo‘q, degan savolga sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga tayanib prokuratura javob berardi. Qodirovaning suitsidi bilan bog‘liq holatda esa buni politsiya departamenti e’lon qilgani dastlabki gumonlarni keltirib chiqaryapti», – deb qayt etdi u.

«Nodira qay tarzda o‘z joniga qasd qilgani, o‘limidan bir kecha oldin dugonalaridan biriga jinsiy tegajog‘likka uchragani haqida aytgani, Anqara shahar prokuraturasi murdani yorib ko‘rish va sud-tibbiy ekspertizasi xulosasini tezda olib, jasad Nodiraning vataniga yuborilgani, bu ishlar uchun qog‘ozbozlikka ikki kungina vaqt yetarli bo‘lgani bu o‘lim borasida shubha-gumonlarni tug‘diryapti», – deya fikr bildirdi Mujde Tozbey Erden.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yana boshqa bir qator holatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar deputat Shirin Unalni himoya qilayotganini ko‘rsatmoqda.

Huquqshunos prokuroraturaning marhum va uning dugonasiga nisbatan fohishalik ayblovini ilgari surganiga ham munosabat bildirdi.

«Agar Nodira fohishalik bilan shug‘ullangan bo‘lganida ham, buning ishga bog‘liqlik joyi yo‘q. Bu yerda gap uning o‘limi va jinsiy tajovuzga uchragani bo‘lishi mumkinligi haqida ketmoqda. Hech kim unga nisbatan bunday qilishga haqqi yo‘q edi.

Qolaversa, Nodira ko‘zida yosh bilan do‘stiga: «Akamning ko‘ziga qanday qarayman endi», deb aytgan. Bu – jinsiy zo‘ravonlik ro‘y bergani va u oldin jinsiy munosabatlarda bo‘lmaganini anglatuvchi muhim dalil.

Nodira fohishalik qilganmi-yo‘qmi, deya savol berish tergovni Nodiraning o‘ziga qarshi qaratishga bo‘lgan urinishdir. Ular tergovning borishini o‘zgartirib, o‘zlarini oqlab olishmoqchi. Ammo Nodiraga tuhmat qilib bo‘lmaydi, biz uning nomini bulg‘ay olmaymiz.

Fikrimizcha, bu shubhali o‘lim ishini yopib yuborishga harakatlar bo‘lyapti», – deya xavotir bildirdi Bolalar va ayollar birinchi assotsiatsiyasi rahbari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 263
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar