“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 07:54
ЎЗO‘Z

Shuhrat G‘aniyev aybini tan oldi, unga qattiq ogohlantirish va 3 oy sinov muddati berildi

30 sen, 16:00 3 908 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shuhrat G‘aniyev aybini tan oldi, unga qattiq ogohlantirish va 3 oy sinov muddati berildi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishida Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyevning masalasi ko‘rib chiqildi. Unda Shuhrat G‘aniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nutqi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda komissiya vakillari Farg‘ona viloyat hokimining majlislardan birida ayollarning ro‘mol o‘rashi bilan bog‘liq fikrlari uchun qattiq qoralashgan va qat’iy chora ko‘rilishini so‘rashgan.

Shuhrat G‘aniyev ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga bildirilayotgan tanqidlar to‘g‘riligini e’tirof etib, o‘zining aybini tan olgan.

«Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan muhokamalar to‘g‘ri. Aybimni tan olaman. O‘zimni oqlash uchun biror so‘z topa olmayman. Mening avlodim, ota-onam milliy liboslar kiyadi. O‘zim ham uyimda milliy libos kiyaman. O‘sha majlisda quyushqondan chiqib ketganman. Imkoniyat bersangiz, xulosa chiqarib, chin dildan mehnat qilaman. Har qanday jazoga loyiqman.

Xalqdan va Prezidentdan kechirim so‘rayman. Imkon berilsa, chin dildan mehnat qilishga tayyorman», deya viloyat hokimining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Yakunda Senat raisi Tanzila Norboyeva tomonidan Shuhrat G‘aniyev qattiq tanqid qilinib, unga qat’iy ogohlantirish va uch oylik sinov berilgan.

Bundan avvalroq, Farg‘ona viloyati hokimi soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qilgani yozilgan audio tarqalgan edi. Farg‘ona viloyati hokimi selektor davomida turk insvestorining soqolini olishni buyurgan, viloyatdagi ish joylarida namoz o‘qishga sharoit yaratiladigan holatlar aniqlansa, o‘sha korxona rahbariga jinoyat ishi ochilishini aytgani, shuningdek, oldida kim bo‘lishidan qat’i nazar ro‘mol o‘rab olgan ayolga ko‘zi tushsa, uning ro‘molini o‘sha tuman hokimi og‘ziga tiqib qo‘yish bilan tahdid qilgan.

Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati Shuhrat G‘aniyevning tarqalgan audiosi bo‘yicha rasmiy bayonot berib, hokimning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilingani, shu bilan birgalikda Shuhrat G‘aniyev ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan xulosa chiqarganini bildirgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 92
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 48
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar