“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:29
ЎЗO‘Z

Odamlarni paxtaga majburan chiqargan hokim jazolandi

27 sen, 18:14 4 005 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Odamlarni paxtaga majburan chiqargan hokim jazolandi «Mahalladosh.uz» saytida Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimining fuqarolarni paxta terimiga majburiy tarzda jalb etgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Xabarda aytilishicha, tumanda joriy yil 15 sentyabrdan hududdagi barcha shaharcha va qishloqlar aholisi, korxonalarning barcha ishchi-xizmatchilari paxta terimiga safarbar qilingan, deb xabar berdi Mehnat vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, hokim 19 sentyabr kuni shu masala bo‘yicha tumandagi 300 ga yaqin fermer xo‘jaligi rahbarlari, hududlardagi terim otryadlari mas’ullari, byudjet tashkiloti va idoralari rahbarlarini yig‘ib, majlis o‘tkazgan. Yig‘ilish kechki soat 20:30 dan 22:00 gacha davom etgan.

Tuman moliya bo‘limi boshlig‘i J.Ro‘zmetov va tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Avezov qo‘l ostidagi xodimlarni paxta terimiga chiqargan.

Mazkur holatni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i boshchiligida yuborilgan ishchi guruh Bog‘ot tumaniga yetib bordi.

O‘rganish natijasida Bog‘ot tumanida haqiqatan mehnat qonunchiligi me’yorlari buzilganligi aniqlandi. Shunga muvofiq, Bog‘ot tumani hokimi O.Xolboyev, Bog‘ot tumani moliya bo‘limi boshlig‘i J.Ro‘zmetov hamda Bog‘ot tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Avezovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan 2 230 000 so‘mdan 6 690 000 so‘mgacha, jami 15 610 000 so‘m miqdorda jarima tayinlandi.

Ta’kidlash o‘rinliki, bu yil qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun narxlar oshirilib, birinchi terimda – 800 so‘m, ikkinchi terimda – 1200 so‘m to‘lanishi belgilandi. Terimchilarning qulay mehnat sharoitlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilyapti. Shuningdek, paxta terimida ko‘ngilli sifatida qatnashish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun terim.uz sayti ishga tushirildi.

«Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatning har qanday shakli qonunga xilofdir! Agar Sizni paxta terimi yoki boshqa biror ishga majburlashsa yoki shunday holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, dmi.mehnat.uz sayti yoki mehnathuquqbot Telegram botiga murojaat qiling!», deyiladi vazirlik xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar