“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:03
ЎЗO‘Z

«Straus House» rahbari Ibrohim Isroilov qamoqqa olindi

27 sen, 11:24 4 266 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Straus House» rahbari Ibrohim Isroilov qamoqqa olindi Avvalroq, ko‘p sonli fuqarolarning shikoyatlariga asosan «Straus House» MChJ vakillarining xatti-harakatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti Kun.uz’ga ma’lumot berishicha, «Straus House» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonlarida aniqlanishicha, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 16-uyda joylashgan «Straus House» MChJ mansabdor shaxslari Toshkent shahar, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan 2019 yilning yanvar-aprel oylari davomida 90 kun muddat ichida Janubiy Afrika Respublikasidan «Ostrich» zotli tuyaqush (straus) jo‘jasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar rasmiylashtirish orqali ularning ishonchiga kirib, respublikaning turli viloyatlarida yashovchi 300dan ortiq fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha «Strause House» MChJ ta’sischisi, Isroilov Ibroxim Rovshan o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 56
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 299
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 93
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 103
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar