“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:46
ЎЗO‘Z

«Xalq banki» Bo‘ka filiali boshqaruvchisining birinchi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

26 sen, 14:35 3 223 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Xalq banki» Bo‘ka filiali boshqaruvchisining birinchi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Departamentning Bo‘ka tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Unda AT “Xalq banki” Bo‘ka filiali boshqaruvchisining 1-o‘rinbosari Z.X. tumandagi “M-B” dehqon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan muhr, shtamp va boshqa hujjatlarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, akasi V.X. bilan oldindan til biriktirib, soxta shartnomalar tuzib va bank hujjatlarini soxtalashtirib, jami 7 mlrd. 1 mln. so‘m tovar aylanmasini amalga oshirib, 1 mlrd. 3 mln. so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi aniqlangan.

Shuningdek, Z.X. mansab vakolatini suiiste’mol qilib, onasi va amakisi nomiga 15 mln. so‘mdan jami 30 mln. so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib, mazkur pul mablag‘larini “M-B” dehqon xo‘jaligi hisob-raqamiga o‘tkazib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari, Z.X. va boshqalar 317,7 mln. so‘m pul mablag‘larini moliyaviy yordam sifatida turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘tkazib naqdlashtirib olganligi, AT “Xalq banki”ning lotereyalarini olish uchun “M-B” dehqon xo‘jaligi hisobidan 141,4 mln. so‘mni o‘tkazib, lotereyalarni bozorlarda naqd pulga sotganligi aniqlanib, jami 459,1 mln. so‘m naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan, avtomashina sotib olish uchun olingan kredit to‘lovlarini to‘lashga va turar joy sotib olishga sarflab, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Z.X. va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi, 168-moddasi, 179-moddasi, 209-moddasi va 243-moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 260
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 112
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar