“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:43
ЎЗO‘Z

Ma’muriy qamoqdan xulosa chiqarmaslik jinoiy oqibatni keltirib chiqardi

26 sen, 13:23 2 995 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ma’muriy qamoqdan xulosa chiqarmaslik jinoiy oqibatni keltirib chiqardi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor O.Kurbonovdan undiruvchi Z.Xolmatovaning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa barcha turdagi daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan bo‘lsada, farzandlarini moddiy jihatdan ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Joriy yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra, O.Kurbonovning aliment bo‘yicha qarzdorligi 25.473.354,7 so‘mni tashkil etib, ushbu alimentdan bo‘lgan qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlagani sababli Chilonzor tuman ma’muriy sudining 14.01.2019 yildagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qisimda nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsada, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan alimentdan bo‘lgan to‘lovlarni o‘z vaqtida yana to‘lamasdan kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, agar aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo‘lsa yoki daromadlarini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtdagi O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan o‘rtacha oylik ish haqidan hisoblab chiqilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, O.Kurbonovning 01.01.2019 yildan boshlab, 01.08.2019 yilga qadar alimentdan qarzdorligi 1.377.596,3 so‘mni jami bo‘lib 26 850 951 so‘mni tashkil qilgan.

Alimentchi ota O.Kurbonovning muqaddam ma’muriy jazo qo‘llanilganiga qaramasdan aliment pullarini yana o‘z vaqtida to‘lamay kelganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yilning 16 sentyabr kuni sud hukmiga ko‘ra, qarzdor O.Kurbonovga nisbatan 1 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 388
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar