“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:55
ЎЗO‘Z

Yuliy Yusupov O‘zbekistonning «aksilislohotchi» davlat organlariga murojaat qildi

23 sen, 19:05 2 530 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuliy Yusupov O‘zbekistonning «aksilislohotchi» davlat organlariga murojaat qildi Foto: Xalqaro press-klub
Iqtisodiy rivojlanish markazi direktori, iqtisodiyotchi Yuliy Yusupov Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonda so‘nggi bir yilda qabul qilingan loyihalar va normativ hujjatlar haqida tanqidiy fikrlarini bildirdi. Uning yozganlarini Abbos Asad o‘zbek tiliga tarjima qildi.

So‘nggi yilda (va ayniqsa so‘nggi yarim yil ichida) loyihalar va normativ hujjatlarning chinakamiga vakxanaliyasi kuzatilmoqda. Ular davlatni islohot qilishga, davlat organlarining iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishga, biznes yuritish bo‘yicha hammaga teng sharoitlar yaratib berilishiga, xususiy mulk himoyasiga qaratilganda ham mayli edi, ammo aslo bunday emas.

Qabul qilinayotgan loyihalar va normativ hujjatlarning aksariyati raqobatni sindirishga, amaldorlarning hukmdorligini kuchaytirishga hamda alohida kompaniyalar uchun imtiyozlar yaratilishga qaratilgan.

Boj to‘lovlarining ko‘tarilishi, importga qarshi qo‘shimcha to‘siqlarning yaratilishi (bu sohadagi fantaziyaning umuman tormozi yo‘q degan tasavvur paydo bo‘lgan), alohida kompaniyalar va sohalarga imtiyozlarning taqdim etilishi (ko‘pincha qandaydir o‘g‘risifat tashkilotning ustunligiga urg‘u bergan holda) va hokazo, va hokazolardan iborat aksilislohotlarning kuchli to‘lqini yuzaga kelgan. E’tiborga sazovor yeri shundaki, bu kabi normativ aktlar uzra hammaga tanish bo‘lgan ulkan kompaniya — Artel va uning satellitlarining «quloqlari chiqib turibdi». Go‘yo bizning barcha vazirliklar va mahkamalarimiz faqat shu kompaniyaning manfaatlari uchun ishlayotgandek his vujudni egallab olgan.

Va bu ishlarning barini ISLOHOTLAR deb atashdan uyalishmayapti.

So‘nggi paytda kimlarningdir manfaati va amaldorlarning hukmini kuchaytirish yo‘lidagi jihodda ishtirok etmagan vazirlik va mahkamalar qolmadi hisob: Bojxona qo‘mitasi (alohida turdagi mahsulotlarning eksport narxlarini tartibga solish), «O‘zbekiston temir yo‘llari» (xususiy aroq zavodini soliqlardan ozod etilishi), «O‘zcharmsanoat» (import poyabzallarga tariflarni ko‘tarish tashabbusi bilan chiqishi), Moliya vazirligi (elektrotexnika sanoati uchun imtiyozlarni himoya qilish, soliq organlarini misli ko‘rilmagan vakolatlar bilan kuchaytirish), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasi (boj to‘lovlarini ko‘tarish), Sog‘liqni saqlash vazirligi (oziq-ovqat mahsulotlari importiga yangi talablarni ko‘tarib chiqish), Veterinariya qo‘mitasi (Mo‘g‘uliston bilan dotatsiyalangan havo yo‘lakchasi, undan faqat saralangan kompaniyalar foydalana oladilar), «O‘zstandart» (allaqachon bekor qilinish kerak bo‘lgan majburiy sertifikatsiyalash qoidalarining kuchaytirilishi va import uchun yangi syurprizlar), Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi (mobil moslamalarni ro‘yxatga olish).

Bu ro‘yxatni yana ancha davom ettirish mumkinligidan vahimaga tushib ketyapman. Qizig‘i shundaki, mazkur hujjatlardagi ko‘plab g‘oyalarni hech qo‘rqmay ahmoqona deb atash mumkin. Yaxshiyamki, ularning ba’zilarini amalga oshirish ishlari to‘xtatib qo‘yildi.

Hatto Antimonopoliya qo‘mitasi ham qatordan qolmadi: o‘ta muhim bo‘lgan muammoni (onkologik kasalliklarni davolash va profilaktikasi) hal qilish uchun 15 ta yangi soliq turlarini «ixtiro qilishdan» boshqa g‘oya topa olmadi. Aqlbovar qilmaydigan ishlar!

Janob amaldorlar, aksariyatingiz islohotlarni yomon ko‘rishingizni, ularni obro‘sizlantirishga urinayotganingizni; «tanimasni siylamas»lik ortidan garchi, yurakda og‘riq bilan bo‘lsada shaxsiy va idora manfaati yo‘lida (va albatta «beshinchi kolonnaga hamda g‘arb imperialistlariga Vatanimizni tunashiga yo‘l qo‘ymaymiz!» shiori ostida) jamoatchilik manfaatlarini qurbon qilish; murakkab muammolarni hal qilish uchun miyani qotirib o‘tirmay va o‘z hayotini yengillatish maqsadida, ushbu vositalarni qo‘llash uchun jamiyat va iqtisodiyot to‘lashi mumkin bo‘lgan narxlarga e’tibor bermay oddiy, to‘pori, biroq biz uchun odatiy bo‘lgan uslublarni qo‘llash osonligini (nimanidir taqiqlash, kimgadir imtiyozlar berish, qo‘shimcha byurokratik protseduralarni yaratish, yangi soliqlarni joriy qilish) yaxshi tushunaman.

Biroq o‘zlaringizning sa’y-harakatlaringiz bilan bir kun kelib odamlarning paymonasini to‘ldirishingizni va buning natijasi o‘laroq xalq qo‘zg‘olon ko‘tarishi mumkinligini nahotki tushunmasangiz? Shunday bo‘ladigan bo‘lsa, ahvolingiz juda og‘ir bo‘lib qolishi mumkin. Pirovardida, odam degan mahluqda qandaydir o‘z-o‘zini asrash, ehtiyot qilish instinkti ham bo‘lishi kerakku?! Nima ishlarni qilayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar