“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:30
ЎЗO‘Z

Bo‘kada an’naviy sayyor qabul o‘tkazildi

23 sen, 16:55 2 487 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bo‘kada an’naviy sayyor qabul o‘tkazildi Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Abdujalil Qurbonovning navbatdagi sayyor qabuli Bo‘ka tumanida bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, bu galgi xalq bilan muloqotda ham uyma-uy yurilib, aholi muammolari o‘rganildi.

– Har bir muammoning albatta, o‘z yechimi bor. Buning uchun mutasaddilar xalqning oldiga kelib, ularning dardlarini eshitishlari lozim. Bo‘ka tumanini obodonlashtirish borasida hali qiladigan ishlarimiz bisyor-dedi, 4-sektor rahbari Abdujalil Qurbonov.

Sayyor qabul davomida 70 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, jami 49 ta muammoli masalalar bo‘yicha murojatlar etdilar, 5 nafar fuqaroning murjaatlari esa joyning o‘zida ijobiy xal etildi.

Ta’kidlash kerakki, uchrashuvda aholidan kelib tushgan murojaatlarining aksariyati ishga joylashish, tadbirkorlik uchun yer ajratish, gaz, elektr va suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, kredit, soliq sohasiga oid bo‘lib, yechilmay qolgan muammolar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yuborildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarni belgilangan tartibda hal etilishi va amaliy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan 15 kun ichida shaxsan hisobot berish vazifasi bo‘yicha ham topshiriqlar berildi

Xususan, “Cho‘lobod” MFYda yashovchi fuqaro Baxriddin Muxtorov mahalla yo‘llarining ayrim joylariga shag‘al to‘kib berish bo‘yicha murojaat qildi. Ushbu muammo 4-sektor rahbari tomonidan joyida bartaraf etilib, yo‘llarning qolgan qismi 10 kun muddat ichida shag‘al to‘kilib, tekislab berish topshirig‘i berildi.

- Men Almashova Albina “Kukorol” MFY Namuna ko‘chasi, 83 -uyda yashayman. Bugungi sayyor qabulda yashab turgan uyimni ta’mirlash bo‘yicha murojaat qildim. 4-sektor rahbari ushbu muammoni 10 kun ichida hal qilib beradigan bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan sayyor qabuldan mahallamiz aholisi nihoyatda xursand. O‘z vaqtini ayamasdan, xalqning dardini eshitib, ularning muammolarini hal qilib berayotgan mutasaddilarga minnatdorlik bildiraman.

Kunning ikkinchi yarmida sektor rahbari sayyor qabulga kela olmagan nogironligi bor fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi. Muammolarini tingladi.

Jumladan, “Buston” MFY Chilisoy qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Vera Rustamova nogironligi bo‘lgan o‘g‘li uchun maxsus aravacha kerakligi bo‘yicha amaliy yordam so‘rab, murojaat qildi. Bu murojaat ham mutasaddilar tomonidan yechimini topadigan bo‘ldi.

Chilisoy qishlog‘ida istiqomat qiluvchi yana bir fuqaro Sayidyokub Valiyev bir necha yildan beri og‘ir xastalikdan aziyat chekishi, tibbiyot muassasiga yotib davolanishi uchun imkoniyati yo‘qligini aytdi. Ushbu fuqaroga Toshkent tibbiyot akademiyasida davolanib, sog‘ligini tiklash uchun bepul yo‘llanma beriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, “Buston” MFY Chinnisoy ko‘chasidagi ayrim yaroqsiz simyog‘ochlar sayyor qabul yakuniga yetmasdan yangisiga almashtirala boshlandi. O‘zbekovul qishlog‘idagi 100 ta xonadonga bir donadan gaz balonlar tarqatildi.

Muxtasar aytganda, inson manfaatlari va xalq dardi bilan yashash, odamlarni rozi qilib, ularning mushkulini osonlashtirish, shu orqali ertangi kunga ishonch tuyg‘usini shakllantirish kabi g‘oyalar bugungi kunda barcha rahbarlarning asosiy faoliyat mezoniga aylanayotganidan elimiz mamnun bo‘lmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 71
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar