“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:27
ЎЗO‘Z

Grin-karta uchun ariza topshirish muddati e’lon qilindi

22 sen, 17:06 3 667 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Grin-karta uchun ariza topshirish muddati e’lon qilindi Foto: Getty Images
2021 yil uchun grin-karta lotereyasiga arizalar 2019 yil 2 oktyabridan 5 noyabriga qadar qabul qilinadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi.
E’tiborlisi, bu gal anketa to‘ldirish jarayonida talabgorlar xalqaro sayohat pasporti seriyasini ham kiritishlari talab etiladi. Demak, lotereyada qatnashishni istovchi O‘zbekiston fuqarolari xorijga chiqish pasportini («qizil pasport») olishlariga to‘g‘ri keladi.

2 oktyabrdan boshlanadigan ariza qabul qilish jarayoni 5 noyabr, Toshkent vaqti bilan soat 22:00da to‘xtatiladi. AQSh Davlat departamenti ariza berishning oxirgi haftasigacha kutmaslikni maslahat beradi, boisi yakuniy muhlat yaqinlashgani sari registratsiya saytiga tashriflar soni ortishi sayt faoliyatini qiyinlashtirishi mumkin.

Kompyuter dasturi yordamida tasodifiy tanlov bilan aniqlanadigan natijalar 2020 yil 5 mayida e’lon qilinadi. Bu galgi lotereya bilan jahon bo‘yicha 55 ming kishiga AQSh vizasi berilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, lotereyada qatnashish bepul. Talabgorlar https://dvlottery.state.gov saytidagi anketani to‘ldirishlari lozim.

Xorijga chiqish pasporti qanday olinadi?
O‘zbekistonda 2019 yil 1 yanvaridan boshlab xorijga chiqish uchun ruxsatnoma stikeri berilishi to‘xtatilgan va uning o‘rnini amal qilish muddati 10 yil bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasporti egallagan.

Uni olish uchun fuqaro doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joylardagi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga, xorijda esa O‘zbekistonning konsullik muassasalariga murojaat etishi lozim.

Xorijga chiqish pasporti ariza berilganidan so‘ng 10 ish kunida, xorijda esa diplomatik pochtani jo‘natish grafigiga muvofiq belgilangan tartibda beriladi.

Bunda to‘lanadigan davlat boji O‘zbekiston fuqarolari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravari (267 600 so‘m), fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun 1 baravari (223 ming so‘m) etib belgilangan.

Xorijga chiqish pasportini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
– belgilangan shakldagi ariza-anketa;
– biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
– davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya;
– harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limining ma’lumotnomasi – harbiy xizmatga majburlar uchun;
– ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud bo‘lgan taqdirda);
– vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);
– ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi – voyaga yetmaganlar uchun;
– fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati – voyaga yetmaganlar uchun.
Grin-karta, ariza, muddat




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar