“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:04
ЎЗO‘Z

Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi

22 sen, 14:20 3 747 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi Joriy yilning 20 sentyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi hamda shahar Kengashi hamkorligida Navoiy shahar «Yoshlar markazi»da «Ezgulikka hissangni qo‘sh!» shiori ostida «Tinchlik uchun» xalqaro xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu aksiyaning tashkil etilishidan asosiy maqsad Afg‘oniston Islom Respublikasida yashovchi ota-ona qaramog‘isiz qolgan, og‘ir sharoitlarda yashayotgan etnik o‘zbeklar yoshlarining muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Aksiyada Navoiy shahri Mudofaa vazirligiga qarashli safarbarlik chaqiruv rezervi batalonining 400 nafardan ortiq harbiy xizmatchilari, umumta’lim maktablarining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etdi. Shuningdek, aksiya doirasida kitoblar ko‘rgazmasi, konsert dasturi tashkil etildi.

Xayriya aksiyasi natijasida ko‘ngillilar tomonidan 60 dona lotin grafikasidagi o‘zbek tilidagi badiiy adabiyot namunalari, o‘quv darsliklari va 40 dona o‘quv qurollari hadya qilindi.

Aksiya doirasida kelib tushgan barcha jihozlar O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Bosh konsulxonasi yordamida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati orqali Afg‘oniston Islom Respublikasiga jo‘natiladi.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Tinchlik uchun» xalqaro xayriya aksiyasi Respublikamizning barcha viloyatlarida davom etmoqda.
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
axborot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 125
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 147
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 268
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 73
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 86
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • Bo‘limlar