“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 02:25
ЎЗO‘Z

O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi?

22 sen, 13:20 4 148 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tibbiyot sifatini oshirish uchun mamlakatda hamshiralar sonini keskin ko‘paytirish kerak, degan fikrda.
Vazir o‘rinbosari Bahodir Umurzoqovning aytishicha, O‘zbekistonda shifokor va hamshira o‘rtasidagi muvozanat buzilib ketgan, shuning uchun vrachlar bemorni eshitish o‘rniga, o‘ziga taalluqli bo‘lmagan ishlar bilan ovora bo‘lib qoladi.

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, tibbiyot sohasida 15 yillik tajribaga ega amaldor Senat qo‘mitasida hamshiralar masalasini ko‘targan.

«AQShda bitta vrachga 18 nafar hamshira to‘g‘ri keladi. Yaponiyada – 22, Germaniyada – 16 nafar. Bizda qancha? Bizda bitta shifokorga 3,5ta hamshira to‘g‘ri keladi. 3,5tadan ikkitasi har yili dekret-otpuskada. Demak, bizning vrachlar o‘z malakasiga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajaradi. Bemorni eshitish vaqtining 42 foizi shunga ketadi.

Nimaga vrachlarning yozuvini o‘qib bo‘lmaydi? Chunki ular shoshib yozadi va o‘zi uchun yozadi. Bularni axir hamshira qilishi kerak. Vrach bemor bilan muloqotda bo‘lishi kerak. Mana SSSRdan qolgan norma – bitta terapevt bemor bilan 10 minut gaplashishi kerak. Shuni 8 minuti yozuvga ketadi. Ikki minutda ko‘ziga, u yer-bu yeriga qaraydi, tamom.

Vrach bevosita muloqot qilganda, ortidagi 7-8 hamshiraning biri bemorning ovqatlanishiga, biri ukoliga, biri fizioterapiyaga, biri rentgen, biri rejim... Buni vrach yozmaydi, hamshiralar yozishi kerak bloknot yoki elektron shaklda. Nazoratini ikki kun – bir haftadan keyin vrach amalga oshirishi kerak.

Mana shu narsa bizda yo‘q. Bizda vrach o‘zi belgilaydi, o‘zi yozadi, ukolini ham o‘zi qiladi, hamshiralar dekret-otpuskada, boshqa ishlar va hokazo...» – dedi Bahodir Umurzoqov.

Uning urg‘u berishicha, tibbiyot sifatini oshirish bo‘yicha Mehnat vazirligining prinsipial pozitsiyasi ana shunday.

«Kelinglar, sifatni oshiramiz desak, taxminan 2025 yilga borib bitta shifokorga o‘nta hamshira to‘g‘ri kelishi kerak. Ana shunda mayli, 3tasi dekret-otpuskada bo‘lsa, 7tasi sog‘-omon ishlaydi.

Mana shu – bizning, Mehnat vazirligining prinsipial pozitsiyasi», – deb qayd etdi vazir o‘rinbosari.

«Yaqinda arxitektura sohasini ko‘rib chiqdik. Bitta arxitektorga ikkita texnik to‘g‘ri kelarkan. Shuning uchun arxitektor o‘zi chizadi, o‘zi xom hisob-kitoblarni qiladi... Arxitektor g‘oya berishi kerak! Chizish ishlarini texniklar qilishi kerak. Mana shu narsa bizda belgilanmagan», – deya qo‘shimcha qildi u.

Umurzoqov, shuningdek, so‘nggi yillarda oliy ta’limda hamshiralar tayyorlash ko‘rsatkichlari tushib ketganini qoralab, buni O‘zbekiston iqtisodiyotiga ig‘vogarlik deb baholadi.

«Sifat kerakmi, kelinglar, sifatni oshirishga yordam beruvchi mutaxassislarni ko‘paytiraylik. Aksincha, oxirgi 3-4 yilda hamshiralarni oliy ta’limga qabul qilish, tayyorlash keskin darajada kamayib ketdi. Bu – bizning iqtisodiyotimizga ig‘vogarlik. Kimdir buni atayin qilgan bir zamonlar. Shuni, kelinglar, ko‘paytiraylik», – dedi Bahodir Umurzoqov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 156
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 36
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 76
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 25
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 67
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 53
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 65
  • Bo‘limlar