“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:56
ЎЗO‘Z

Buxoroda inson sog‘ligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan soxta tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi

21 sen, 17:47 3 178 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda inson sog‘ligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan soxta tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi Imkoniyat, sharoit, qulaylik bularning barchasi davlatimizda insofli tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan sa’y-harakatlar jamlanmasidir. Biroq, berilayotgan imkoniyatlar va yengilliklarga qaramay o‘z manfaatlari yo‘lida qonun doirasini chetlab o‘tib noqonuniy tarzda mumay pul topayotganlar ham yo‘q emas. “Tanganing ikkinchi tomoni ham bor” deganlaridek qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarning noqonuniy faoliyatga chek qo‘yilishi muqarrar ekanligi negadir soxta tadbirkorlar tomonidan unutilmoqda.

Kuni-kecha Buxoro viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda Vobkent tumani davlat soliq inspeksiya xodimlari tomonidan Vobkent tumani Nayman MFYda hududida o‘tkazilgan proflaktik tadbirda ana shunday soxta tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, “Nabiyev va uning o‘g‘illari” MChJga qarashli dorixonada xech qanday zarur hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda fuqaro S. X. tomonidan dori-darmon vositalari sotayotganligi aniqlandi.


Kezi kelganda aytib o‘tish joizki, inson salomatligi yo‘lida xizmat qiladigan har-qanday dori-darmon vositalari belgilangan va maxsus talablarga javob beradigan joylarda saqlanishi shart. Aks holda darmon uchun sotib olingan bunday vositalar inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Vobkent tumanida davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan aniqlangan noqonuniy dori-darmon savdosi bilan bog‘liq holatda ham ana shunday holatlarni kuzatish mumkin. Aniqrog‘i, bu yerda fuqaro Soliha Xojiyeva xech qanday xujjatlarsiz ushbu dorixonada dori-darmon vositalarini ochiq va antisanitariya holatlariga zid ravishda sotmoqda.

O‘tkazilgan proflaktik tadbir davomida 31 turdagi ja’mi 1758500 so‘mlik dori-darmon vositalari savdodan olib qo‘yildi.
Profilaktik tadbir davomida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqbuzarga nisbatan tegishli chora ko‘rish uchun tegishli organlarga yuborildi.

A.Ochilov
DSB matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar