“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 15:30
ЎЗO‘Z

Prezident DXXga tarixiy davr arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi

21 sen, 09:38 3 075 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident DXXga tarixiy davr arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tashkil etildi.

Belgilanishicha, 2020 yil 1 yanvardan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatida shakllanadigan boshqaruv (ish yuritish)ga oid, ilmiy-texnikaviy va boshqa hujjatlarning arxiv saqloviga topshirilishida hamda o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinishida ularning elektron va Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlarining sug‘urta nusxalari talab etiladi.

Agentlik:
a) 2020 yil 1 iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha choralarni ko‘radi;

b) 2020 yil 1 iyungacha Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishini joriy qiladi:

- o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
- ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
- ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
- arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo‘yicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish;
- arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish);

v) uch oy muddatda:
- doimiy saqlovga olinadigan hujjatlar tarkibini optimizatsiya qilish;
- Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar ro‘yxatini qisqartirish;
- arxiv ishi jarayonlarini to‘liq qamrab oluvchi va interaktiv qidiruv imkoniyatlari mavjud bo‘lgan “Arxiv ishi” yagona axborot tizimi yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

g) 2021 yil 1 yanvargacha davlat arxivlarida saqlanayotgan fondlarni xatlovdan o‘tkazib, ular haqida tegishli ma’lumotlarni qamrab olgan ma’lumotlar bazasini yaratadi.

Belgilanishicha, mazkur bandda ko‘rsatilgan arxiv ma’lumotnomalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Agentlikning 2020 yil 1 yanvardan boshlab arxiv ishi sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 22
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 36
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 135
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 166
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 1
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 0
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 57
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 22
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 177
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 121
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 86
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 69
  • Bo‘limlar