“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:35
ЎЗO‘Z

Senator to‘y uchun taklifnoma tarqatmay, ko‘chama-ko‘cha jar solinishini qoraladi

20 sen, 23:04 3 385 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senator to‘y uchun taklifnoma tarqatmay, ko‘chama-ko‘cha jar solinishini qoraladi To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining birinchi majlisida senator Enaxon Siddiqova ayrim hududlarda to‘y-hashamlar uchun taklifnoma ham tarqatilmasligini aytib, bu borada hududlarning o‘ziga xosligiga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidladi.

«Masalan, Farg‘onaning ayrim joylarida odamlar to‘y haqida velosipedda ko‘chama-ko‘cha xabar qilib chiqishadi. Mehmonlar ham o‘z navbatida to‘yga mehmon bo‘lish yoki tomosha qilish maqsadida kelishadi. Tabiiyki, bu bitta to‘yda belgilangan me’yordagidan ko‘p odam yig‘ilishini anglatadi», deydi Enaxon Siddiqova.

Bundan tashqari, senator hozirgi to‘ylarda qiz tarafga juda katta og‘irlik tushayotganini ta’kidlab, bu borada asosiy masala ayollarga bog‘liq bo‘lib qolayotganiga urg‘u berdi.

«Shuning uchun komissiya Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda tushuntirish ishlarini olib borib, to‘y qiluvchi tomonlarga o‘z majburiyatlarini to‘g‘ri tushuntirishi zarur», deb fikr bildirdi u.

Ma’lumot uchun, «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorga asosan, oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan o‘tkaziladigan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi, qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 238
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar