“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:04
ЎЗO‘Z

To‘y egasi to‘yga qo‘shib, ko‘pkari ham uyushtirsa, cheklovlar nima bo‘ladi?

20 sen, 21:26 3 670 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘y egasi to‘yga qo‘shib, ko‘pkari ham uyushtirsa, cheklovlar nima bo‘ladi? To‘y-hashamlarni o‘tkazish borasidagi cheklovlar ko‘pkari va kurash kabi umumxalq o‘yinlariga daxldor emas, deb ma’lum qildi To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Iqbol Mirzo.

Komissiyaning ilk yig‘ilishi bugun, 20 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov belgilangan cheklovlarning ko‘pkari va kurashga aloqasi bor-yo‘qligi masalasini aniqlashtirish maqsadida savol bilan murojaat qildi.

«Ayrim oilalar to‘y bilan birgalikda ko‘pkari, kurash o‘yinlarini ham o‘tkazadi. Ularda bir paytning o‘zida 10-20 ming, hatto 50 minggacha odam yig‘iladi. Odamlarga qozon-qozon osh damlanadi. Tabiiyki, bu - bizning qadriyatimiz.

Endi bitta savol tug‘iladi: biz ko‘pkari, kurash o‘tkazishni ham taqiqlaymizmi? Agar shunday qilinsa, bu bitta qadriyatimizning yo‘qolib ketishiga olib kelishi mumkin», – deya izoh so‘radi Nazarbekov.

Komissiya raisi Iqbol Mirzo savolga javob berar ekan, bu o‘yinlarni to‘y-hashamlarga bog‘lash noto‘g‘riligini aytdi.
«Uloq, kurash kabi qadriyat darajasidagi xalq o‘yinlarini o‘tkazishga hech qanaqa cheklov yo‘q. Ularni to‘y-hashamlarga bog‘lash noto‘g‘ri», dedi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 71
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar