“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:27
ЎЗO‘Z

Iqbol Mirzo: «To‘ylarimiz urushsiz mamlakatni vayron qiladigan ahvolga kelib qoldi»

20 sen, 20:30 3 088 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iqbol Mirzo: «To‘ylarimiz urushsiz mamlakatni vayron qiladigan ahvolga kelib qoldi» Bugun, 20 sentyabr kuni, Oliy Majlis Senati binosida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining dastlabki majlisi o‘tkazildi. Unda senatorlar va deputatlar tomonidan qabul qilingan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash masalalari o‘zaro muhokama qilindi. Anjumanda Komissiya raisi, senator Iqbol Mirzo qo‘shma qaror bo‘yicha xalqning munosabati, ushbu hujjatning ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi.

“Ushbu qo‘shma qaror qabul qilingandan keyin ijtimoiy tarmoqda juda ko‘plab muhokamalar bo‘ldi. Asosiy ko‘tarilgan masala bu fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan erkinlik huquqlarini cheklab qo‘ymaydimi, degan munozaralardir. Bu cheklovlarni yoqtirmagan odamlar turli yo‘llar bilan nayrang qilishga harakat qilishdi. Yuristlarimiz bu fikrni keskin rad qilib, bu yerda insonning hech qanday huquqlari buzilmaganligini asoslab berishdi. Biz odamlarga to‘yini tartibli o‘tkazishlarini, ortiqcha dabdaba qilib kambag‘al odamlarning izzat-nafsiga tegmasliklarini, boshqalarning tinchini buzmasliklarini so‘rayapmiz, xolos. Ularni insofga qaytarmoqchimiz. Agar insofga chaqirish Konstitutsiyaga zid kelsa, buni alohida ko‘rib chiqish kerak.

Muhokamalarga sabab bo‘lgan ikkinchi masala - to‘ylarga ichki ishlar xodimlari aralashuvi. Maqsad to‘y haqida ichki ishlar boshqarmalarini xabardor qilib qo‘yishdir. Ularning vazifasi to‘y kortejlari harakatlanayotganda xavfsizlikni ta’minlash, to‘yxonalarda tartibni saqlash hisoblanadi. Odamlar ichki ishlar xodimi to‘yxonalarga kirib mehmonlarni sanaydimi, degan fikrga borishyapti. Unday emasligini to‘g‘ri tushuntirishimiz kerak.

Iqbol Mirzoning ta’kidlashicha, senator va deputatlarning ushbu qarori xalq uchun juda zarur edi. Ba’zi odamlar boshqa muhim va hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar ham bor, qonun chiqaruvchilar bekorchimi, deb iddao qilishdi. Aslida, bu muammo ancha yillardan beri xalqni ezib kelyapti va u tartibga solinishga muhtoj.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar