“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 05:23
ЎЗO‘Z

Aliment to‘lamagan otaga jinoyat ishi ochildi

20 sen, 17:43 2 828 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aliment to‘lamagan otaga jinoyat ishi ochildi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 29.03.2016 yildagi qarori bilan E.Axrorovdan undiruvchi M.Yuldashevaxon foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirilishi belgilangan edi.

Biroq, qarzdor ota o‘zining voyaga yetmagan farzandlarining oldidagi otalik burchini vijdonan bajarish o‘rniga, Majburiy ijro byurosi Buvayda tuman bo‘limi davlat ijrochisining aliment to‘lash haqidagi talablariga rad javobi berib kelgan.

Xususan, qarzdor ota 2016 yil mart oyidan 2019 yil iyul oyiga qadar 40 oy davomida jami 20 mln. 636 ming so‘mlik aliment pulini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Hattoki, qarzdor E.Axrorovga nisbatan Buvayda tuman ma’muriy sudi tomonidan 29.01.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-4-moddasi 1-qismiga asosan tayinlangan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi ham ta’sir qilmagan ko‘rinadi. Jazoni o‘tab chiqqandan keyin ham u o‘z farzandlari uchun aliment to‘lamasligini ma’lum qiladi.

Shunga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining Buvayda tuman bo‘limi tomonidan 05.09.2019 yilda qarzdor E.Axrorovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 42
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 39
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 119
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 151
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar