“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:18
ЎЗO‘Z

To‘y azaga, ma’raka tantanaga aylanmasin

20 sen, 11:34 4 055 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘y azaga, ma’raka tantanaga aylanmasin Barchaning xabari bor, shu yil 14 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining Qo‘shma majlisida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish masalalari muhokama qilinib, yakdil fikrga kelindi.

Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, endilikda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi. Hududlarning sharoitlaridan kelib chiqib, xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan osh berish marosimining vaqti alohida belgilanadi. Soat 23:00 dan keyin to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni davom ettirishga ruxsat etilmaydi.

Shuningdek, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi. Qo‘shaloq to‘ylarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi ishtirok etishi mumkin.

Dafn etish va motam marosimlari ko‘pi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin, osh berish marosimi bundan mustasno. Milliy an’analarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan to‘ylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qo‘shimcha rasm-rusumlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oilaviy tadbirlarning dabdabasiz, kamxarj va ixcham, shuningdek, Nizom talablariga muvofiq o‘tkazilishi uchun birinchi navbatda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari shaxsan mas’ul etib belgilandi.

To‘y-tantana, ma’raka va marosimlar ham qadriyatlarimizning bir qirrasi sifatida xizmat qilar ekan, ularni har tomonlama chiroyli, ixcham, isrofgarchiliksiz, dabdabadan xoli tarzda o‘tkazishimiz kerak. Bunda har birimiz ibratli targ‘ibotchi, mas’ul jonkuyar, kerak bo‘lsa, qat’iyatli nazoratchi vazifasini o‘tamog‘imiz shart. Toki ortiqcha odatlar, avj olayotgan as’asalar, kimo‘zar dabdabalar tufayli to‘y azaga, ma’raka tantanaga aylanmasin.

Muharram DADAXO‘JAYeVA,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar