“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:46
ЎЗO‘Z

Oliy ma’lumotli fuqarolar ham 12 oy harbiy xizmatni o‘taydigan bo‘ldi

19 sen, 20:22 3 874 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy ma’lumotli fuqarolar ham 12 oy harbiy xizmatni o‘taydigan bo‘ldi 12 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi PQ — 4447-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomning 15-bandida ma’lumot darajasidan qat’i nazar, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan barcha fuqarolar uchun muddatli harbiy xizmatning muddati kalendar hisobda 12 (o‘n ikki) oy etib (eski tahrirda oliy ma’lumotli fuqarolar uchun 9 oy etib belgilangan) belgilandi.

Kalendar hisobida kamida 10 yil xizmat qilgan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga haqiqiy harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilayotganda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga oliy ta’lim muassasasining kunduzgi bo‘limidagi bir oy o‘qish muddati bir oy xizmat muddati hisobida hamda oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan so‘ng ixtisosligiga mos keladigan lavozimlardagi bir oylik ish staji bir oylik xizmat hisobida qo‘shib hisoblash (eski tahrirda faqat rezervdan (zaxiradan) ixtiyoriy ravishda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilgan ofitserlarga nisbatan qo‘llanilgan) tartibi joriy etildi.

Yangi loyiha bilan amaliyotga pensiya hisoblash vaqtida harbiy xizmatdan tashqari davlat xizmatlarining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklardagi xizmat maxsus unvon berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanishi to‘g‘risidagi norma kiritildi.

Shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga qabul qilinishdagi yosh senzlari 17 yoshdan 23 yoshgacha (eski tahrirda 21 yoshgacha bo‘lgan) ko‘tarildi. Bundan tashqari 26 yoshgacha bo‘lgan (eski tahrirda ushbu norma yoritilmagan) va oliy harbiy ta’lim muassasalarida aloqa muhandis texnigi va harbiy-tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining talabalari oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga o‘qishga qabul qilinishlari to‘g‘risidagi norma kiritildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar