“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:41
ЎЗO‘Z

Sababsiz darsga kelmaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi

19 sen, 18:20 4 151 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sababsiz darsga kelmaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi O‘zbekistonda sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Bu haqda 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilgan.

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov):

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov) bilan birgalikda bir oy muddatda ijtimoiy hamda mobil operatorlar tarmoqlari orqali ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy xabarlarni yuborishni joriy qiladi;

2019 yil 1 noyabrga qadar tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilish elektron axborot tizimini joriy etadi va ushbu loyihani moliyalashtirishni xususiy sektor investitsiyalari yoki davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tajriba-sinov natijasidan kelib chiqib, 2020 yil 1 martga kadar umumta’lim maktablarida davomatni nazorat qilishning yagona elektron tizimini bosqichma-bosqichma joriy etish orqali sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlikni belgilash maqsadida tegishli me’yoriy-huqukiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (Davletov), Xalk ta’limi vazirligi (Shermatov) 2020 yil 1 martga qadar ota-onalarning bola tarbiyasi uchun mas’uliyatini kuchaytirish va javobgarligini oshirish, shuningdek o‘qituvchi sha’ni, qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish va tegishli jazo choralarini qo‘llash mexanizmlarini soddalashtirish maqsadida tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan choralar ko‘radi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar