“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:29
ЎЗO‘Z

Tanzila Norboyeva: “Qonunchiligimiz “bardak” ahvolga kelib qolgan”

19 sen, 07:10 5 072 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tanzila Norboyeva: “Qonunchiligimiz “bardak” ahvolga kelib qolgan” 18 sentyabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 58-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalasi ko‘rildi. Sessiyada Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi.

Sessiyada nutq so‘zlagan Senat Raisi deputatlar oldiga ikki vazifani qat’iy belgilab qo‘ydi.

“Bizning qonunchiligimiz “bardak” ahvolga kelib qolgan. Jamiyat uchun kerakli qonunlar qabul qilinadi. Lekin keyin biron-bir vazirlik yoki idora qonunosti hujjatini shunaqa “chiroyli” ishlab chiqadi-ki, natijada o‘sha qonun ishlamaydi. Ijro masalasida o‘zlarining ichki qaror va buyruqlarini ro‘kach qilib olishadi. Bir-birini inkor qiladigan qonunlar ham juda ko‘p. Kerak bo‘lsa, bunday qonunlarning hammasini bekor qilib, bitta yaxlit kodeks holiga keltirish kerak. Qonunlarni ishlab chiqishda havolaki normalarga mutlaqo o‘rin qoldirmasligimiz lozim. Bular oldimizda turgan birlamchi vazifa. Ikkinchi vazifa, qonunlar qabul qilinaveradi, lekin ular ishlamasa, oddiy qog‘ozdan zarracha farqi yo‘q.

Mahalliy kengashlar qonunlarning joylardagi ijrosini nazorat qilishi lozim. Qonunlarning hududlardagi tatbig‘i bo‘yicha mahalliy kengashlar o‘z dasturini ishlab chiqishi kerak. Masalan, yaqinda gender tengligi to‘g‘risida juda yaxshi bir qonunni qabul qildik. Shu bo‘yicha qanday ishlar qildingizlar? Ishonchim komil, haligacha bu qonun bo‘yicha bironta dastur ishlab chiqqaningiz yo‘q”, ─ deya deputatlarga murojaat qildi Tanzila Norboyeva.

Shuningdek, Senat Raisi mahalliy kengash deputatlarini ijro idoralari faoliyati ustidan nazoratga chaqirdi.

“Davlat rahbari kelsa, vazirlar planshetlarni qatorlatib qo‘yib, zo‘r va’dalar beradi, zo‘r intervyular beradi. Lekin davlat rahbari ketgach, ulardan darak ham yo‘q. Aytilgan va’dalar va’daligicha qolib ketadi, esdan chiqadi. Yoki yana Prezident keladigan bo‘lib qolsa, yugurib kelib, sizlarning o‘zlaringizga hamma ishni qildiradi. Vazirlarni olib keltirib, hisobot so‘ranglar, ijroni talab qilingalar. Aytilgan ishni qilsin, uddasidan chiqa olmasa, nega qilolmasligini tushuntirib, yozib bersin. Talab etilsa, ularga ishonchsizlik votumini bildirishimiz ham mumkin. Votum bildirish vakolatini balki mahalliy kengashlarga ham berarmiz, shunda ularning kuchi bilinadi”, ─ deya ta’kidladi Norboyeva.

Shuningdek, Tanzila Norboyeva xalq deputatlari mahalliy kengashlarining vakolatlarini kengaytirish, deputat so‘rovi bilan birga kengash so‘rovi amaliyotini joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar