“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:43
ЎЗO‘Z

Deputat Akmal Urzoqov yangi bayonot bilan chiqdi va soliqchilarni «nishonga oldi»

18 sen, 22:32 3 026 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Deputat Akmal Urzoqov yangi bayonot bilan chiqdi va soliqchilarni «nishonga oldi» Yil boshida «Toshkent propiskasi ochilsa, poytaxtda jinoyatchilik ko‘payib ketadi» mazmunidagi bayonoti bilan tilga tushgan deputat Akmal Umirzoqov keyinroq deputatlikka nomzodini qo‘yish istagini bildirgan qator faollarni tanqid qilgan edi.

Bu safar esa u yangi bayonot bilan chiqdi va soliqchilarni «nishonga oldi». Uning fikricha, soliq organlari xodimlari tadbirkorlarni talash bilan band.

«Yaqinda parlamentda Davlat soliq qo‘mitasi rahbarini eshitdik. Vaqt chegaralanganligi sababli ko‘pgina mulohazalarimizni bildirishga ulgurmadik. Fikrimni ijtimoiy tarmoqda bayon qilishni ma’qul deb topdim», deb yozgan Umirzoqov.

Deputatga ko‘ra, O‘zbekistonda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida katta miqdorda kreditlar berilayotganiga qaramay, ayrim holatlarda korxonalarning o‘z mablag‘lari — moliyaviy resurslari soliq organlari tomonidan kelasi davr uchun soliq va majburiy to‘lovlar sifatida olib qo‘yilmoqda.

O‘z gapining isboti uchun deputat ayrim dalillarni keltirgan. Masalan, 2019 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, soliq organlari tomonidan ortiqcha undirilgan mablag‘lar 775,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan! Birgina Toshkent shahrining o‘zida bu summa 279 mlrd. so‘mni yoki respublika bo‘yicha jami ortiqcha undirilgan mablag‘larning 36 foizini tashkil qilgan. Hisobot davrida yil boshiga nisbatan ortiqcha to‘lovlar Jizzax viloyatida 4,5 mlrd. so‘m (30 foiz)ga oshgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyatida 19,6 mlrd. so‘mga (51 foiz)ga ko‘paygan.

«Xo‘sh, soliq organlari qachon tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlovchi organga aylanadi? Axir bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni moliyaviy jihatdan ochiqchasiga talash bilan barobar-ku. Axir bu mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yaxshilash va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni barbod qilish emasmi? Nahotki, buni Davlat soliq qo‘mitasining mutasaddilari bilmaydi? Bilishsa kerak, albatta. Unda nega masalaga ko‘z yumishyapti? Yoki buning ortida qandaydir bir sinoat bormikan...», deb yozg‘iradi deputat.

Akmal Umirzoqov kelgusida parlamentdagi biror tadbir chog‘ida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining bu savollarga javob berishiga umid bildirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 49
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar