“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:07
ЎЗO‘Z

Deputat: Poraxo‘rlikka, adolatsizlikka qarshi kurasha olmagan ta’lim muassasasi rahbarlaridan voz kechish kerak

18 sen, 22:07 2 910 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Deputat: Poraxo‘rlikka, adolatsizlikka qarshi kurasha olmagan ta’lim muassasasi rahbarlaridan voz kechish kerak O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Abdurashid Abduqodirov ta’dim tizimidagi korrupsiya to‘g‘risida fikr bildirdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining bevosita rahbarligi va tashabbuslari asosida barcha sohada uzoqni ko‘zlagan holda islohotlar amalga oshirilmoqda. Maqsad bitta: xalqimizni rozi qilish, farovonligini ta’minlash, Vatanimizni dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qo‘shishdir.

Taraqqiyotga erishishning o‘zi bo‘lmaydi, buning bir qator shartlari mavjud. Eng avvalo, jamiyatdagi turli illatlar — befarqlik, korrupsiya va adolatsizliklarga bermay turib, ko‘zlangan ulug‘vor maqsadlarga erishishning imkoni yo‘q. Mamlakat rivoji va taraqqiyotida barcha ishlarni amalga oshiradigan asosiy kuch, bu bilimli, vatanparvar, fidoyi, halol va bugungi kun talablariga javob bera oladigan salohiyatli kadrlardir.

Bejizga Prezidentimiz ta’lim tizimiga va tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylarni jamiyatdagi obro‘si va nufuzini oshirish maqsadida tizimli ishlarni olib bormayapti, chunki mamlakatning ertangi rivoji bugun ta’lim tizimida tahsil olayotgan yoshlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.

Gap kadrlar to‘g‘risida ketar ekan, bu kadrlarni tayyorlab berayotgan ta’lim tizimida ahvol qanday, degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. Davlatimiz rahbari ta’lim tizimi nufuzini ko‘tarish uchun barcha ishlarni amalga oshirib, hamma muammoni hal qilib berdi, sohada 30-40 yil davomida yechimini kutib turgan masalalarga yechim topildi.

O‘qituvchilar ta’limga aloqasi yo‘q jamoat ishlardan va majlislardan ozod etilib, ularning faqat o‘z ustida ishlashi uchun barcha sharoit yaratilayotgan bugungi kunda, eng achinarlisi, ayrim ta’lim muassasalarida poraxo‘rlik va korrupsiya holatlari davom etayotgani, ta’lim sifati va mazmuni bilan shug‘ullanish o‘rniga mahalliychilik va jamiyatga qarshi illatlar bilan shug‘ullanayotgani, buni ko‘rib-ko‘rmaslikka, eshitib-eshitmaslikka olayotgan yoki ayrim hollarda o‘zlari ham sherik bo‘layotgan rahbarlarni xech ikkilanmay xiyonatchi desa to‘g‘ri bo‘lardi.

Davlatimiz rahbari joriy yilning 23 avgust kuni ta’lim tizimi taraqqiyoti bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham, oliy ta’lim tizimida bugun davom etayotgan korrupsiya va poraxo‘rlik illatlari haqida gapirib, soha mutasaddilari va oliy o‘quv yurtlari rahbarlaridan jiddiy noroziligini bildirgan edi. Bir qator oliy o‘quv yurtlari, jumladan, Toshkent davlat yuridik universitetidagi va yana moliya, iqtisodiyot sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy o‘quv yurtlaridagi ayanchli holatni, poraxo‘rlikni keskin tanqid qilgan edi. Yesemurat Kanyazov misolida rektorlar Ulug‘bek Azizov va Bahodir Xodiyev o‘zlari uchun tegishli xulosa chiqarmasdan, hech qanday amaliy choralar ko‘rmasdan kelmoqda. Ular qayerga qarayapti, nimaga korrupsiya ildizini olib tashlashga harakat qilmayapti?

Oradan ancha vaqt o‘tdi, vazirlik va oliy ta’lim muassasalari bundan o‘zlari uchun qanday hulosa chiqardi, degan haqli savol tug‘iladi. Javob esa yo‘q.

Xo‘sh, boshqa oliy o‘quv yurtlaridagi ahvol qanday?

Agar insof bilan aytganda, shunchalik sharoit yaratib berilgan, sohani korrupsiyasiz tizimga aylantirishdek xayrli maqsad sari katta sa’y-harakatlar ketayotgan bir davrda, bunday ishlarga yo‘l qo‘yib berayotgan yoki uning oldini ololmayotgan rahbar davlatga va mamlakat Prezidentiga xiyonat qilyapti desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, ta’lim tizimida bunday illatning bo‘lishi millionlab yoshlarimizni jamiyatga, mamlakat kelajagiga ishonchini yo‘qotadi, savodsiz kadrlar ko‘payib ketishiga yo‘l ochadi.

Bu illatlarga barchamiz jiddiy qarshi kurashmog‘imiz lozimdir. Poraxo‘rlikka, adolatsizlikka qarshi kurasha olmagan ta’lim muassasasi rahbarlaridan voz kechish kerak, boshqa yo‘l yo‘q.
Abdurashid Abduqodirov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 36
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 47
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 60
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar