“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:20
ЎЗO‘Z

Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing»

16 sen, 21:35 3 468 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing» «Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlik» deydilar.
Abdulla Qodiriy

Do‘stlar, qariyb bir asr oldin, 1915 yilda Qodiriy hazratlarining to‘y haqida yozgan bitiklarini o‘qib juda hayratlandim. E’tiborimni tortgani Qodiriy hazratlari to‘y o‘sha davr insonlarini ham ikkiga ajratib, tabaqalantirib qo‘yayotgani va kim o‘zarga to‘yni bir-biridan oshirib, insonlar bor-budini sarflayotganini kuyinib qalam bilan bitgan ekanlar.

Yana bir jihati Qodiriy boy va faqirlarga murojaat ila «To‘yni Qur’on ham shariat ham amr etmagani» (xalqqa nikohni bildirib qo‘yish aslida joiz ekanligi) va har qanday masalada me’yor bo‘lishi, ayniqsa, to‘ydagi isrofdan saqlanishni juda xohlaganliklari bitiklarda o‘z aksini topgan. Rosti, bu bitiklarni bir necha bora o‘qib, nahotki jamiyatimizda 100 yil oldin ham bu illat bo‘lgani va eng alamlisi uning hozir ham saqlanib qolgani, hatto to‘yni dabdaba bilan o‘tkazish undan ham avj olgani bizni tashvishlantiradi.

Menimcha shunchaki bir da’vat bilan bu illatni yo‘qotib bo‘lmaydi, aksincha har bir shaxs, xoh u davlat arbobi bo‘lsin, xoh fuqaro o‘zini isloh qilishi hamda shaxsiy namuna ko‘rsatsagina bu illatni yo‘qota olish imkoni paydo bo‘lsa kerak. Hech bo‘lmaganda Siz yoshlar, «mahalla, qo‘ni-qo‘shni va atrofdagilar nima deydi?» degan o‘ylardan saqlaning.

Katta avlod vakillarining e’tiborlarini dabdaba, baxtli yashashingiz uchun shart bo‘lmagan sarpolar, uzundan-uzun kortejlar va barchadan qoladigan «qo‘l-qo‘yib bo‘lmas» deb maqtaniladigan to‘y dasturxonlaridan qaytarib, siz uchun muhim bo‘lgan ota-onangizning oq fotihasi, mo‘’jazgina makon, yaxshi markab, dunyoqarashingizni boyitishi mumkin bo‘lgan kichik sayohat va eng muhimi tinchlik ne’matlarini taqdim etishlarini so‘rang. Quyidagi bitiklarni e’tiboringizga havola qilaman, xulosa esa o‘zingizdan.

To‘y
Qildi bu vaqt bizda javlon to‘y,
Oqchasi yo‘qni etdi hayron to‘y.

Bir-biridan oshurdilar to‘yni,
Topdi ravnaq, hayrati-la boyon to‘y.

Besh kun to‘yni so‘ngidin
Ketibon mulklar bois fig‘on to‘y.

Boyon to‘yig‘a yerlilar qarab
Etdi sarf toki tandagi jon to‘y.

Ey g‘aniylarimiz, ey faqirlarimiz,
Amr etubdurmi bizg‘a Qur’on to‘y?

Mundayin ishlar shar’imizda yo‘q,
Kori maj’us, kori shayton to‘y.

Ishlamas shunday ahllik kishi,
Yo‘lamas aslo ahli vijdon to‘y.

O‘tsa to‘y birla yozu qishimiz,
Aylagay bizni yerg‘a yakson to‘y.

Kelingiz do‘stlar, din qarindoshlar,
Tashlasun bo‘lsa gar musulmon to‘y.

Abdulla Qodiriy, Sadoyi Turkiston
1915 yil, 64-son, 20 mart, 2-bet


*G‘aniy - boy.
*Kori maj’us - maj’usiyning (otashparastning) ishi
----------------------------
Alisher Sa’dullayev
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 324
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 101
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar