“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:25
ЎЗO‘Z

Uchtepa tumanidagi sexda yirik yong‘in yuz berdi

16 sen, 15:43 2 646 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uchtepa tumanidagi sexda yirik yong‘in yuz berdi Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 14 sentyabr kuni soat 08:57 da Toshkent shahar Uchtepa tumani Katta Xirmontepa ko‘chasi 3D-uyda joylashgan «DOUTSCHE SERVIS» MChJga tegishli korxonaning hududida joylashgan tikuvchilik sexida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 8 ta asosiy va 1 ta maxsus yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 09:03 da yetib borgan vaqtda ishlab chiqarish sexi ochiq alanga aralash quyuq tutun bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 09:25 da qurshab olinib, soat 09:33 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida «DOUTSCHE SERVIS» MChJ hududida ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan «Shams Osiyo Original» XKga qarashli tikuv sexining 400 kv.metr maydonda tomi, ichki qismidagi ishlab chiqarish uskunalari va unda saqlanayotgan tayyor hamda yarim tayyor trikotaj mahsulotlari yonib zararlangan. Yong‘in haqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida, yong‘inning maydoni kengayib ketishiga sabab bo‘lgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘indan ma’lum miqdorda tikuv uskunalari, tayyor va yarim tayyor trikotaj mahsulotlari saqlab qolingan. Yong‘in sababi ishlab chiqarish sexining shiftidan o‘tkazilgan elektr tizimida yuzaga kelgan avariya holatidan, deb gumon qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar