“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:12
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston yil oxiriga qadar fuqarolar va norezidentlarga davlat obligatsiyalarini xarid qilishga ruxsat beradi

14 sen, 19:43 2 107 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston yil oxiriga qadar fuqarolar va norezidentlarga davlat obligatsiyalarini xarid qilishga ruxsat beradi Foto: Dreamstime
“O‘zbekiston o‘z fuqarolari va norezidentlar uchun davlatga tegishli qimmatli qog‘ozlar bozorini ochish niyatida”-, deya xabar berdi Kun.uz nashri Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat tomonidan Moliya vazirligi, Markaziy bank va agentlikka yil oxiriga qadar qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, muomala qilish va so‘ndirish tartibini muvofiqlashtirish hamda mamlakat fuqarolari bilan birga norezidentlarga ham bunday qog‘ozlarni xarid qilish imkoniyatini berish vazifasi yuklatilgan.

“Biz (hukumatda bu masala yuzasidan - tahr.) bu mavzu bo‘yicha uzoq bahslashdik. Hamma bu qachondir amalga oshirilishi kerakligini tushunib turardi va tezroq bir fikrga kelishga qaror qildik” – degan suhbatdosh masala yuzasidan.

Uzoq tanaffusdan so‘ng 2018 yil oxirida Moliya vazirligi Markaziy Bank bilan birgalikda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bog‘liq operatsiyalarni tiklagandi. Ammo amaldagi qonun bo‘yicha ularni faqat O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar xarid qilishi mumkin.

“Bunday tartibning kamchiligi shundaki, u xaridorlar doirasini cheklab qo‘yadi. Buning natijasida ikkilamchi bozor va bu qog‘ozlarning haqiqiy bozor qiymati bo‘lmaydi. Fikrimizcha, bu doirani kengaytirish ortidan likvidlik ham oshadi. Bundan tashqari narx kapital bozoriga indikator bo‘lib xizmat qiladi” – deya ta’kidladi suhbatdosh.

Bir muddat oldin O‘zbekiston Markaziy Bankining aholi va xorijiy sarmoyadorlarning mamlakat qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirish imkoniyatidan xavotiri mavjud edi.

“Ular aholi bu masalada ancha himoyasizligi uchun bunday qog‘ozlarni sotib olmaganlari ma’qul, deb tushunadilar. Biz (agentlik - tahr.) esa bu tubdan noto‘g‘ri deb hisoblaymiz, sababi davlat obligatsiyalari bozordagi eng ishonchli qog‘ozlar bo‘lishi lozim. Agar biz aholiga korporativ obligatsiyalar xarid qilish imkoniyatini yaratsak, qanday qaralmasin ular davlat obligatsiyalariga nisbatan ko‘proq tavakkalchilikka asoslangani aniq bo‘ladi. Biz aholini himoyalash niyatidamiz, ammo eng ishonchli qog‘ozlarni ularga sotmayapmiz” – dedi agentlik vakili.

Kun.uz suhbatdoshining ta’kidlashicha, butun dunyo bo‘yicha davlat obligatsiyalari tavakkalchilik deyarli yo‘q bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Davlatning o‘z majburiyatlarini bajarmay qo‘yish imkoniyati amalda nolga teng. Buning uchun davlat defolt e’lon qilishi lozim.

“Xorijiy investorlarga kelsak, ular bilan kapital harakatini nazorat qilish bo‘yicha xavotir bor edi. Bu xavotir har bir davlatda mavjud. Bizning vazifamiz amaldagi tartiblarni imkon qadar shaffof qilishdan iborat. Tabiiyki qandaydir cheklovlar bo‘lishi kerak. Kapital harakati mutlaq erkin bo‘lishi mumkin emas” – qo‘shimcha qilgan suhbatdosh.

“Eng muhimi – bu tartibni ishlab chiqish kerak. U xorijiy investorga tushunarli, imkon qadar universal hamda barcha holatlarni nazarda tutadigan bo‘lishi lozim”, – deyilgan agentlikda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar