“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:06
ЎЗO‘Z

Mehnat vazirligi: «Joriy yildan boshlab hokimlardan paxta rejasini to‘ldirish talab qilinmaydi»

14 sen, 18:50 3 433 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mehnat vazirligi: «Joriy yildan boshlab hokimlardan paxta rejasini to‘ldirish talab qilinmaydi» Foto: O‘zA
Joriy yilgi paxta terimi mavsumini 400 dan ortiq inspektor va 200 nafar yordamchi kuzatib boradi. Shuningdek, jarayonlarda inson huquqlarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar ham qatnashadi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan majburiy mehnatga qarshi kurashishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodir Yoqubov joriy yildan boshlab hokimlardan rejani to‘ldirish so‘ralmaydi. Monitoring yerga egalik shaklidan qat’iy nazar, xususiy klaster hududi bo‘ladimi yoki fermer tomonidan ijaraga berilgan davlat yerlari bo‘ladimi amalga oshiriladi.

«Mehnat qonunchiligi mamlakatning barcha hududiga tegishli. O‘ylashimcha, xususiy hududlarga kirishda muammo bo‘lmaydi, chunki bizda hukumat tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur bo‘lib, u har qanday tashkilotni to‘liq monitoring qilish imkonini beradi», — deydi Nodir Yoqubov.

Majburiy mehnat va huquq himoyachilarining maydonga qo‘yilmasligini oldini olish uchun 1176 raqami bo‘yicha «ishonch telefoni» ishga tushirilgan. Huquq inspektorlarining tezkor javobi uchun veb-sayt va Telegram bot ham ishlaydi.

Xalqaro mehnat tashkilotining bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrupning ta’kidlashicha, 2018 yilda o‘tkazilgan monitoring majburiy mehnatning sezilarli darajada kamayishiga olib kelgan. Shunga qaramay ayrim joylarda majburiy mehnat holatlari kuzatilmoqda.

Nodir Yoqubovning ta’kidlashicha, o‘tgan yili safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari kuzatilgan. «Vazirligimiz tomonidan Mudofaa vazirligiga majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantiruv xati yuborilgan. Biz har bir holatni ko‘rib chiqqanmiz, bu duch kelingan yagona holat edi. Ma’muriy jazolarga kelsak, ular harbiy xizmatchilar bo‘lganligi sabab biz ularni javobgarlikka torta olmaymiz», — deydi vazir o‘rinbosari.

Nodir Yoqubovning aytishicha, 12 sentyabr kuni harbiy ta’lim muassasalari va ularning bo‘limlariga ham shu turdagi ogohlantirish yuborilgan.

«Xalqaro mehnat tashkilotining prinsiplariga ko‘ra, majburiy mehnat — bu o‘zi xohlamasa ham mavjud tahdid ostida ishlash. Agarda odam o‘zining mustaqil vaqtida paxta termoqchi bo‘lsa, bu XMT konvensiyasining buzilishi emas. Maydonlarda o‘qituvchi yoki hamshiraga duch kelib qolsangiz, bu o‘z-o‘zidan majburiy mehnat fakti bo‘lmaydi. Buning uchun qo‘shimcha savollar berib, oydinlik kiritib olish lozim», — deydi Yonas Astrup.

Nodir Yoqubovning qo‘shimcha qilishicha, paxta terish bu qo‘shimcha daromad hisoblanadi. Hozirda ixtiyoriy paxta terish uchun odamlarni jalb qilishga reklama kampaniyasi boshlab yuborilgan.

Joriy yilda tarif stavkasi qo‘lda terilgan bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mni, ikkinchi bosqichda 1200 so‘mni tashkil etadi. O‘tgan yili ushbu summa 650 so‘mni tashkil etgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar