“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:01
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon va Marg‘ilonni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

14 sen, 15:50 2 601 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon va Marg‘ilonni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bu yerda dastlab Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini kompleks rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Kelgusi uch yilda bu ikki shaharga xalqaro moliya institutlarining 1 milliard 354 million dollarlik imtiyozli kreditlari yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘ uchta yo‘nalishda – sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilma ob’ektlarini modernizatsiya qilish hamda ko‘p qavatli uy-joylar qurish sohalarida o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari uy-joylar qurilishiga oid loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik reja qilish zarurligini ta’kidladi.

- Avvalo, qayerda qiyinchilik borligini o‘rganish, odamlarning fikrini olish kerak, - dedi Prezident. - Aholi qachon qaysi hududda qurilish bo‘lishini bilsin. Uy-joy bilan ish o‘rinlari mutanosib bo‘lishi zarur. Farg‘onaliklarning hunarmandchilik an’analari, hudud imkoniyatlarini inobatga olib, charm-poyabzal, chinni, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va boshqa turdagi korxonalar tashkil etish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi salohiyati, korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 70
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 342
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar