“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:44
ЎЗO‘Z

Toshkentda bir kunda 722 raqamli o‘nlab Range Rover’larning «nomer»lari majburan almashtirilgan

14 sen, 00:13 7 606 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda bir kunda 722 raqamli o‘nlab Range Rover’larning «nomer»lari majburan almashtirilgan Ijtimoiy tarmoqlarda 13 sentyabr, juma kuni davlat raqam belgisi 722 sonidan iborat Range Rover yo‘ltanlamaslari bilan bog‘liq foto, video va ovozli xabarlar paydo bo‘ldi. Tarqatilgan media materiallarda asosan Toshkentdagi to‘y-marosimlarda xizmat ko‘rsatuvchi ushbu qimmatbaho avtomobillarning davlat raqam belgilari yo‘l harakati xavfsizligi idoralarida boshqasiga almashtirilganini ko‘rish mumkin.

«Daryo» vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Range Rover’ining davlat raqam belgisi 722 dan boshqasiga almashtirilgan haydovchilar va Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Range Rover egalarining fikrlari
Ikkita Range Rover’i bor fuqaroning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, unga 12 sentyabr, payshanba kuni soat 15:00 atrofida yo‘l harakati xavfsizligi idorasidan qo‘ng‘iroq bo‘lib, 722 raqamli Range Rover ishtirokida piyodani urib yuborish bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz bergani munosabati bilan, birrovga idoraga kelib ketish so‘ralgan.

Mashinam haydovchida edi. Men: «Xo‘p, haydovchim ishini bitirib aytgan joyingizga boradi», dedim. Lekin u yo‘lda ketayotganida YPX xodimlari uni to‘xtatgan — o‘sha paytda 722 raqamli Range Rover’larni ushlash bo‘yicha reyd bo‘layotgan ekan. Haydovchimning haydovchilik guvohnomasi o‘zining mashinasida qolib ketgan ekan — shuning uchun mening Range Rover’imni jarima maydonchasiga olib kirib qo‘yishgan.

Ikkinchi Range Rover’imni ham: «Tezda Sergelidagi yo‘l harakati xavfsizligi idorasiga keling, mashinaning raqamini almashtirmasanglar bo‘lmaydi», deb chaqirishdi. Nima sababdan raqamni almashtirish kerak, deb so‘rasak: «Sababi yo‘q, tepadan shunday buyruq bo‘ldi, nomerni almashtirishinglar shart», deyishdi. Men 20:30 ga yetib bordim. Borishimga hamma hujjatlarni tayyorlab qo‘yishgan ekan. Imzo qo‘yib berdim. Mashinaning raqamini yechib olib, boshqasini berishdi va yana 540 ming so‘m pul to‘lashim kerakligini aytishdi.

«Pul to‘lamayman», desam, raqamni almashtiryapsiz-ku, to‘lashingiz kerak, deb majburan to‘lattirishdi. Birinchi Range Rover’im esa jarima maydonchasida turibdi. Qachon qo‘yib yuborishlarini bilmayman. Aytishlaricha, mashinam nazoratga tushganmish.

«Daryo» bilan suhbatlashgan boshqa bir Range Rover egasining aytishicha, bir kechada 64 ta 722 raqamli Range Rover’ning «nomer»lari almashtirilgan.

Kecha shahar yo‘l harakati xavfsizligi idorasidan qo‘ng‘iroq qilib, mashinamni tezda olib borib, tekshirtirishim kerakligini aytishdi. Hozir ishdaligimni, kechroq o‘tishimni aytganimda, jarayon ko‘p vaqt olmasligini, besh daqiqada qo‘yib yuborishlarini aytishdi. Mayli, deb Chorsudagi avtoturargohga chaqirsam, 4—5 nafar YPX xodimi kelib, «GAIga borasanlar, o‘sha yerda rasmga olib, keyin qo‘yib yuboradi», deyishdi va «tex-pasport»imni olib qo‘yishdi. Borganimdan keyin esa majburan 540 ming so‘m to‘latib, raqamimni yechib olishdi va shundan so‘ng «tex-pasport»imni qaytarib berishdi.

Men mashinam garovda turganini, bank ruxsatisiz uning raqamini yechib bo‘lmasligini aytdim. Lekin YPX xodimlari: «Tepadan shunaqa buyruq kelgan», deb turaverishdi. Bank bilan bog‘lansam, ular: «YPXga ayting, ruxsatimizsiz hech narsa qilmasligi kerak», deyishdi. Sababini tushuntirishmadi. Bank xodimlari ham YPXga qo‘ng‘iroq qilganida ham aytishmadi sababini. Kecha men kabi 64 ta Range Rover’ning raqamini almashtirishgan, hammani 540 ming so‘mdan pul to‘lashga majbur qilishgan. Ularning ko‘pini 722 raqamli Range Rover odam urib yuborgan deb chaqirib olib, so‘ng raqamlarini almashtirishgan.

Toshkent shahar IIBB nima deydi?
Hozircha — hech nima. «Daryo» tahririyati 13 sentyabr kuni kunning ikkinchi yarmida poytaxt IIBB matbuot xizmati bilan bir necha bor bog‘lanib, holat yuzasidan izoh olishga urindi, biroq «rasmiy xabarni kuting», degan javobdan ortiq ma’lumot ololmadi. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati vakili esa 722 raqamli Range Rover’lar bog‘liq holatdan bexabarligini bildirdi.






Mavzuga oid yangiliklar
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 237
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 192
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar