“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:48
ЎЗO‘Z

Alisher Sa’dullayev Yoshlar ittifoqi oldida turgan ikki asosiy vazifani ma’lum qildi

13 sen, 22:20 2 866 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Sa’dullayev Yoshlar ittifoqi oldida turgan ikki asosiy vazifani ma’lum qildi Bugun, 13 sentyabr kuni Senat binosida Oliy Majlis Senati yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlarga oid davlat siyosatini yuritishdagi ishlar samarasini oshirish, shuningdek, Yoshlar itifoqi bilan vakillik hamda ijro hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

senat.gov.uz
Yig‘ilishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa’dullayev tashkilot oldida turgan asosiy vazifalar nimalar ekanligi haqida gapirgan.

senat.gov.uz
Jumladan, «Tashkilotning yoshlar orasida targ‘ib qiladigan mustahkam g‘oyasini yaratish va infrastrukturaviy masalalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish – O‘zbekiston yoshlar ittifoqining asosiy ikki vazifasi deb bilaman.

Birinchidan, yoshlarni O‘zbekiston kelajagi uchun xizmat qilishga undaydigan, ularni o‘z ortidan ergashtiradigan mustahkam g‘oyamiz bo‘lishi lozim. Umuman, bizda barcha masalalarda mustahkam g‘oya dominant bo‘lishi kerak.

Ikkinchidan, infrastrukturaviy masalalar. Bunda tashkilot tizimida xotin-qizlar ishtirokini oshirish, yoshlarga tashkilotning “sotsial lift” sifatida imkoniyatlaridan to‘la foydalanishlariga sharoit yaratish.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishga yoshlarning tashkilotdagi rahbarlik lavozimlariga bo‘ladigan saylovlarida erkin nomzod sifatida ishtirok etishi ham kiradi. Masalan, shu paytga qadar tashkilotning tuman, shahar kengashlari boshqaruviga o‘tadigan saylovlarda faqat belgilangan kishilarning nomzodi qo‘yilgan bo‘lsa, endilikda salohiyati yetarli bo‘lgan, o‘z kuchiga ishongan barcha yoshlar saylovlarda nomzodi bilan qatnashadi».

U shuningdek, endilikda yoshlar uyushgan va uyushmagan sifatida ajratilmasligi hamda bu yoshlar o‘rtasida o‘zaro noto‘g‘ri munosabatni keltirib chiqarishi haqida gapirgan.

«Dunyoning ko‘pgina davlatlarida yoshlar bilan ishlashda «ta’limda bo‘lgan», «treningdagi» va «mehnatda bo‘lmagan yoshlar» atamasi qo‘llaniladi. Balki, shu atamalarni kiritish kerakdir, lekin yoshlarni uyushgan va uyushmagan sifatida ajratishni mutlaqo xato deb o‘ylayman», deydi Alisher Sa’dullayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 22
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar