“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:30
ЎЗO‘Z

Yoshlar ittifoqida a’zolik bo‘lmaydi, tashkilot barcha O‘zbekiston yoshlari uchun xizmat qiladi

12 sen, 16:22 3 419 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yoshlar ittifoqida a’zolik bo‘lmaydi, tashkilot barcha O‘zbekiston yoshlari uchun xizmat qiladi Yoshlar ittifoqi o‘tgan vaqt davomida Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qilib, yigit-qizlarning tayanchiga aylanib ulurdi. Bunda tizimga doir qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar muhim omil bo‘lmoqda. Yigit-qizlarning biznes loyihalari uchun “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan bugungi kunga qadar 795 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilib, 28 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz chuqur anglagan holda uni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan, yuqori natijalarga erishib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yigit-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi. So‘nggi yillarda Prezidentimiz sadoqat bilan yonib yashayotgan, bilimli, tashabbuskor, fidoyi yoshlarga mas’uliyatli rahbarlik lavozimlarini ishonib topshirayotgani ham ularning mamlakatimiz taqdiri va kelajagida muhim kuch ekanini anglatadi.

Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining navbatdan tashqari kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida tashkilotning tashkiliy masalalari ko‘rib chiqilib, Alisher Sa’dullayev rasman O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi sifatida saylandi. Uning bu lavozimga saylanishi yoshlarning izchil izlanishi va o‘z ustida ishlashi orqali shu davlatning islohotlarida beminnat xizmat qilishi mumkinligining bir isbotidir.

Ishni dastlab kadrlar va moliyaviy sohada ochiqlik, yoshlarning xohish-istaklari va takliflari bo‘yicha muloqot, doimiy izlanish, tahlil etish va rivojlanish hamda yoshlar tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi to‘rt tamoyil asosida boshlagan yosh rahbar 8 sentyabr kuni “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturiga bergan intervyusida “Yoshlar ittifoqida a’zolik bo‘lmaydi, yoshlar bilan ishlashda ularning O‘zbekiston farzandi ekanligining o‘zi ular bilan ishlashga yetarli asos”, – deya tashkilotga a’zolik bekor qilinganini e’lon qildi.

Tashkilot butun O‘zbekiston yoshlari uchun yaratilgan va uning imkoniyatlari, loyihalari ham butun O‘zbekiston yoshlari uchun bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlagan Yoshlar yetakchisi Yoshlar ittifoqi faoliyatini butun O‘zbekiston yoshlarini muammolarini o‘rganishga va ularni yechimini qidirishga, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishni o‘z oldiga maqsad qildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa’dullayevning yoshlarni uyushgan va uyushmagan yoshlarga ajratmasdan, barcha O‘zbekiston yoshlariga bir xil qarash g‘oyasini ilgari surayotgani aksariyat blogerlarga ham ma’qul keldi.

—Alisher Sa’dullayev to‘g‘ri aytibdi. Har qanday hisobot raqamlariga yolg‘on aralashadi. A’zolar soni hech narsani o‘zgartirmaydi, – deydi jurnalist Aziza Qurbonova. —Yoshlar Ittifoqi so‘zidan avval O‘zbekiston degan so‘z turibdimi, hamma yoshlarga tegishli tashkilot bo‘lishi shart. Ota bolasini oq-qoraga ajratmaydiku!

Yoshlarni ikkiga bo‘lmasdan, hammani teng ko‘rish, uyushgan va uyushmagan emas, hammani O‘zbekiston yoshlari deb qarash to‘g‘ri qaror, aslida. Endi “Uyushmagan yoshlar” degan tushunchaga o‘rin qolmadi. Tashkilotda yangi islohotlar boshlangani yaqin orada katta yangiliklar bo‘lishiga ishoradir. Umuman, Yoshlar tashkiloti butun O‘zbekiston yoshlari uchun xizmat qilib, uning imkoniyatlari, loyihalari butun O‘zbekiston yoshlari uchun yaratiladi.

Tizimdagi yana bir yangilik Yoshlar ittifoqining raisi o‘rinbosarligiga va hududiy Kengashlardagi boshqaruv lavozimlariga nomzodlar tanlov orqali qabul qilinishidir. Bu qaror ham masalaga aniq maqsadli va kreativ yechim bo‘la oladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Alisher Sa’dullayevning dastlabki harakatlaridanoq tizimga yangi atmosferani olib kirishi uning yoshlar manfaatlari yo‘lida chinakam qayg‘urayotganidan darak.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa’dullayev tashkilotning kelgusidagi rejalarini e’lon qilib, barchasini ochiqlik va oshkoralikdan boshlagani ham endi tizim tadbirbozlikdan holi tarzda yosh liderlarni shakllantirishga xizmat qilishini bildiradi. Bunda avvalo tashkilot byudjeti ochiqlanadi. So‘ngra har bir soha yoshlari uchun grantlar e’lon qilinadi. Qabul qilingan loyihalar esa shaffof baholanadi. Natijada yoshlar bir maqsad atrofida birlashishni, yakdillikni o‘rganadi.

Shaxnoza Nurullayeva
Yoshlar ittifoqi, a’zolik, Alisher Sa’dullayev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 138
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar