“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:13
ЎЗO‘Z

Iqtisodiyotchi Behzod Hoshimov — go‘sht narxiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar haqida

12 sen, 10:44 4 076 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iqtisodiyotchi Behzod Hoshimov — go‘sht narxiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar haqida O‘zbekiston Fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov 10 sentyabr, seshanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda go‘sht narxining oshishiga uning ko‘p miqdorda iste’mol qilinayotgani ham sabab bo‘layotganini ta’kidlagan edi. Taniqli iqtisodiy tahlilchi Behzod Hoshimov Fermerlar kengashi raisining fikrlariga munosabat bildirdi.
Kecha Aktam Hayitovning aytgan gaplariga juda ko‘p noto‘g‘ri fikrlar bildirildi. Aslida O‘zbekiston Fermerlar kengashi raisi 100 foiz to‘g‘ri gapni gapirdi. Go‘sht qimmatlashishining sabablaridan biri talabning yuqori ekanligi, oddiy qilib aytganda — o‘zbekistonliklar ko‘p go‘sht iste’mol qilayotganidir. Umuman olganda, iqtisodiy nuqtai nazardan, ixtiyoriy narx o‘sishi bu talabning taklifga nisbatan tezroq o‘sishi, deb aytish mumkin. Lekin bu yerda gap oxiriga yetmadi. Talabning oshishi aslida yana bir narsaga — bu ham bo‘lsa taklifning o‘sishiga olib keladi.

Ya’ni, agar go‘sht yoki boshqa bir tovar qimmat bo‘lsa, narxning o‘sishi bozordagilarga «signal» beradi, signal degani — u odamlarga nima qilish kerakligini aytadi. Bizning holatda bu signal fermerlarni ko‘proq go‘sht ishlab chiqarishga, iste’molchilarni esa kamroq go‘sht iste’mol qilishga undaydi. Shunda — fermerlar ko‘proq go‘sht chiqarishi va odamlar kamroq go‘sht iste’mol qilishi oqibatida — go‘sht narxi yana qaytib joyiga tushadi.

Bizda go‘sht unchalik ham elastik tovar bo‘lmagani bois narxning oshishi iste’molning sezilarli pasayishiga olib kelmaydi. Lekin nima uchun taklif ko‘paymayapti? Ya’ni, bir narsaning narxi oshsa, tadbirkorlar foyda olish niyatida o‘sha narsani ko‘proq chiqarishlari kerak-ku? Ular ko‘proq chiqarishsa, taklif ko‘payadi va narx tushadi. Javob oddiy: ma’muriy aralashuvlar go‘sht ishlab chiqarish bozorini haddan tashqari riskli qilib qo‘ygan. Yuqori risk — mazkur faoliyat bilan kamroq odam shug‘ullanadi va foyda koeffitsiyenti balandroq kutiladi, degani. Ya’ni, har gal narx oshganida ma’muriy choralar ko‘rilib, narxni sun’iy ravishda tushirishga harakatlar qilinadi.

Masalan, shu yil yozda chorva bilan shug‘ullanuvchi tanish fermer bilan suhbatlashgandim. Aytishicha, fermasi joylashgan viloyatning hokimligi unga nechadir kilo go‘shtni sun’iy ravishda arzonroq sotishni buyurgan. Fermer buyruqni bajargan, albatta. Shunday choralar ko‘rilishi xavfi bo‘lsa, tabiiyki, bu — go‘sht ishlab chiqarish bozoriga kirgingiz kelmaydi. Demak, taklif ko‘paymaydi. Agar go‘shtning qay bir qismi imtiyozli narxda sotilsa, qolgani muvozanat narxidan balandroq sotilishi tabiiy. Shuning uchun ham kamdan-kam fermer bu ish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ladi. Natijada narx balandligicha qolaveradi. Argentinaga bag‘ishlangan maqolamda ham aynan shu haqda yozgan edim.

Gap bu yerda tugamaydi. Mol uchun yemning ham qandaydir qismi «past» va «imtiyozli» narxlarda sotiladi. Bu ham go‘sht narxi oshishiga olib keladi — yemning ham qanchadir qismi arzonga ketishini bilsangiz, yem ekib nima qilasiz? Imtiyozli yem uchun imtiyoz olmagan fermerlar haq to‘laydi, oxir-oqibat biz — iste’molchilar ham to‘laymiz.

Go‘shtni chet eldan olib kelish uchun barcha to‘siq va bojlarni ham olib tashlash kerak. Tirik mol bo‘ladimi, tayyor go‘sht bo‘ladimi, agar chet eldan go‘sht olib kelish osonroq bo‘lsa, go‘shtning narxi ichki bozorda unchalik o‘ynamaydi.

Va nihoyat — fermerlarga hech kim nima va qancha ishlab chiqarish kerakligini buyurishi kerak emas. Ya’ni, fermer narx oshganini bilsa, o‘zi bilib o‘sha narsani ishlab chiqaradi. Ya’ni, qishloq xo‘jaligidagi «plan»lar juda ham noto‘g‘ri va bozor iqtisodiyotiga to‘g‘ri kelmaydigan narsa. Shu «plan»larni deb fermerlar xohlagan paytida xohlagan narsani ishlab chiqara olmayapti. Natijada, go‘sht yoki yem qimmatligini bilsa ham, «plan»larni bajarish ilinjida yurgan fermerlar qimmat narsani emas, buyurilgan narsani ishlab chiqarishga majbur bo‘lyapti.

Shu masalalar haqida Fermerlar kengashi raisidan batafsil tahlil kutib qolamiz.

Behzod Hoshimov, iqtisodiyotchi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 0
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 47
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 118
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 122
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 221
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar