“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:27
ЎЗO‘Z

Toshkent shahrida kontrafakt disklar savdosiga chek qoʻyildi

11 sen, 12:15 2 546 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahrida kontrafakt disklar savdosiga chek qoʻyildi Litsenziya yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanish – Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Vahshiylik, shafqatsizlik, kuch ishlatish yoki qiynoqlar, behayolik aks etgan sahnalarga asoslangan audiovizual mahsulotlarni savdoga chiqarish qonunchilik talablariga mutlaqo ziddir.

Shunga qaramay ayrim fuqarolarimiz oʻz manfatlarini ustun quygan holda, noqonuniy ravishda va belgilangan tartibda litsenziya olmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Barchamizga maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 354-sonli qarorida ushbu faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qatʼiy rioya etilishi yuzasidan muntazam nazoratni amalga oshirish hamda aybdor shaxslarning qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishi belgilab qoʻyilgan.

Xususan, Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi profilaktik tadbirlar davomida Bektemir tumani “Qoʻyliq dehqon bozori” hududida fuqaro Eshonqul Dilmurodov (ism va familiyalar oʻzgartirilgan) belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmasdan savdo faoliyatini amalga oshirayotgani aniqlandi. Natijada 287 dona umumiy qiymati 1 mln. 435 ming soʻmlik sifatsiz, litsenziyalanmagan, kontrafakt DVD va SD disklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qoʻyildi.

Yana bir fuqaro Boymurat Eshmatovning ham noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyildi. Hech qanday hujjatsiz disk mahsulotlari bilan savdo qilayotgan soxta tadbirkordan 263 dona, umumiy qiymati 1 mln. 315 ming soʻmlik mahsulotlar daliliy ashyo sifatida olindi.
Yashnobod tumanida oʻtkazilgan profilaktik tadbirlarda fuqaro Neʼmatulla Boltayev tomonidan “Aviasozlar dehqon bozori” yonida jami 350 dona umumiy bahosi 1 mln. 750 ming soʻmlik kontrafakt disklar noqonuniy ravishda savdoga qoʻyilganligi aniqlandi.

Hech qanday hujjatlarsiz savdo qilayotgan yana bir fuqaro Salohiddin Roziqovdan umumiy bahosi 3 mln. 280 ming soʻmlik 656 dona kontrafakt disk mahsulotlari vaqtincha olib qoʻyildi. Ushbu fuqaro ham oʻz moddiy manfaatini ustun qoʻyib, noqonuniy savdo faoliyatiga voyaga yetmagan yoshlarni jalb qilgan. Yaʼni, endigina 14 yoshga toʻlgan jiyanining qoʻliga kitob berib, jamiyat hayotida ilm olishdek muhim vazifani bajarishga koʻmaklashish oʻrniga kontrafakt disklar savdosi bilan band qilib, choʻntakni toʻldirish bilan ovora boʻlayotgani achinarli hol, albatta.

Joriy yilning oʻtgan davrida davlat soliq xizmati organlari tomonidan respublikamiz boʻylab oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 260 holatda 94 ming dona umumiy qiymati 376 mln. soʻmlik litsenziyalanmagan, kontrafakt tarzda koʻpaytirilgan DVD va SD disklar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

Qalbaki va kontrafakt mahsulotlari savdosining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar Shayxontohur tumanida ham oʻtkazildi.
“Eski juva dehqon bozori” hududida oʻtkazilgan tadbirlar davomida 8 nafar fuqaro tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotganligi aniqlanib, ulardan jami 1824 dona umumiy qiymati 7 mln. 365 ming soʻmlik DVD disklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qoʻyildi.

Bu ham yetmaganiday, ushbu disklar orqali tarqatilayotgan video va audio mahsulotlar xaridorga sotishdan avval yana bir bor koʻzdan kechirib olish uchun sotuvchida qurilmalar mavjud emasligi va bu esa ular sotayotgan mahsulotni faqat suratiga qarab, ishonchsiz mahsulotlarning xarid qilinishiga sabab boʻlmoqda.
Yuqoridagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va koʻpaytirish manbalarini aniqlash tadbirlari davom ettirilmoqda.

Toshkent shahar DSB Matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar