“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:17
ЎЗO‘Z

«Biz juda ko‘p go‘sht yemoqdamiz» - Aktam Xayitov go‘sht narxi oshib ketayotgani sababi haqida

10 sen, 21:00 4 359 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Biz juda ko‘p go‘sht yemoqdamiz» - Aktam Xayitov go‘sht narxi oshib ketayotgani sababi haqida Foto: Kun.uz
Bugun, 10 sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda mutasaddilar «Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma’lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishdi.

Tadbirda chorva hayvonlari uchun ozuqa zaxirasi yaratish dolzarb vazifa ekanligi, ammo ko‘pgina tumanlarda mutasaddilar tomonidan fermer xo‘jaliklari maydonlarida ozuqabop ekinlar ekish va yetishtirishga nisbatan qarshilik ko‘rsatish holatlari davom etayotgani, fermer o‘z xo‘jaligida ekinlarni erkin joylashtira olmasligi, ozuqa zaxirasi yetishmasligi esa o‘z o‘rnida go‘sht va sut mahsulotlari narxiga ham ta’sir o‘tkazishi borasida murojaat qilindi.

«Go‘sht narxi nega qimmatlab ketyapti deb o‘ylaysizlar? To‘g‘ri, ozuqa yetishmasligi birinchi sabab, ikkinchidan, bugun biz juda ko‘p go‘sht iste’mol qilyapmiz. Shunchalik ko‘p go‘sht yemoqdamizki, buning natijasida ko‘pgina kasalliklar paydo bo‘lyapti. Buni «Amerika kasalligi» deyishadi, bu kasallik menda ham bor, hammamizning tanamizda ortiqcha go‘sht bor. Men faqat go‘shtni aytmayapman, ovqatlanish madaniyatimiz yo‘q.

Siz aytgan ozuqa zaxirasi bo‘yicha bu yil birinchi bor Prezident qarori asosida paxtachilik xo‘jaliklarining 10 foiz maydonida beda ekini yetishtirishga ruxsat berildi.

Endilikda fermer boshqa ekinlar bo‘yicha belgilangan hosildorlikni ta’minlasin va 10 foiz maydonda chorva uchun ozuqa ham eksin», dedi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xayitov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 0
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar