“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:54
ЎЗO‘Z

Sirtqi va kechki ta’lim kontraktlari kamaytirildi

10 sen, 15:30 4 474 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sirtqi va kechki ta’lim kontraktlari kamaytirildi Bugun, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida 2019-2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilgani borasida ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, joriy o‘quv yilida sirtqi va kechki ta’lim uchun kontrakt miqdori o‘tgan yilgiga qaraganda 35-40 foizga kamaytirildi. O‘tgan yili bu summa 9 mln so‘mga teng bo‘lgan, joriy yilda esa 6 mln 300 ming so‘m etib belgilangan.

Shuningdek, to‘lov-kontrakt narxi nega 18 foizga oshgani haqidagi savolga javob qaytarildi.

«Bu summa talabani oliy ta’lim tizimida o‘qitish uchun ketayotgan xizmatlarning tannarxi, xolos. Bunda hech qanday foyda ustamasi qo‘yilmagan. Kontraktni kamaytirishning iloji yo‘q. Kommunal to‘lov, o‘qituvchilarning oylik maoshi to‘lanmay qolishi mumkin», deya Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt narxi 18 foizga oshdi.
Kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

«Agar yangi kontrakt miqdori jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilsa, o‘zi yoki yaqinlari kontraktda o‘qiydiganlarning barchasi summani kamaytirishni talab qiladi. Bu tabiiy. Davlat bu summani kamaytirdi ham deylik. Lekin bu chegirmaning o‘rnini qoplash yana xalqning o‘z bo‘yniga tushadi. Ya’ni, kontraktni kamaytirish hisobiga xarajatlarnining qoplanmay qolayotgan qismini davlat byudjeti ko‘tarishi kerak bo‘ladi. Byudjet esa aholidan olinadigan yig‘im va soliqlar hisobidan shakllanadi. Shuni tushunish kerak», deya munosabat bildirdi tadbirda qatnashgan huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudayberdiyev.
kechki, sirtqi, kontrakt




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar