“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:14
ЎЗO‘Z

Talabalarga kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi

10 sen, 09:12 4 191 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Talabalarga kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilishiga oid sharh bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi.

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, bakalavriatning Gumanitar fanlar, Pedagogika, Texnika, Qishloq va suv xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar (jami talabalarning qariyb 80 foizi) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida);

Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m - 4 800 000 so‘m).

Bundan tashqari, aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi.

Yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida (indeksatsiya qilishda) asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari (o‘tgan o‘quv yilida 3 marotaba), kommunal xizmatlar tariflar va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi inobatga olingan.

Shu bilan birga, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov ko‘rsatkichi 2017/2018 o‘quv yilidagi 9 foizdan joriy o‘quv yilida 20 foizga ortganligi yoki talabalar kontingentining 126 ming nafarga ko‘payganligi oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quv binolari quvvatlarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha ehtiyojga olib keladi, bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2019/2020 o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha 18 foizga oshirilishi - bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarini qisman, ya’ni o‘rtacha 68 foizi qoplamoqda xolos (bunda - xarajatlarni qoplanishi o‘tgan yilgi darajada saqlab qolinmoqda), deyiladi vazirlik sharhida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar