“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:32
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Germaniya yuk mashinalarini noqonuniy hibsga olgan MXX sobiq polkovnigi ustidan sud ishi boshlandi

10 sen, 06:00 4 412 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Germaniya yuk mashinalarini noqonuniy hibsga olgan MXX sobiq polkovnigi ustidan sud ishi boshlandi Foto: Fergana News
O‘zbekiston Oliy harbiy sudi MXX (hozirgi DXX) Tergov boshqarmasi tergov bo‘limining sobiq boshlig‘i, polkovnik Nodir To‘raqulov ishini kassatsiya tartibida ko‘rishni boshladi, deb xabar beradi Daryo.

Mazkur ish To‘raqulovdan jabrlanganlardan birining shikoyat arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan. Bu To‘raqulov ustidan uchinchi sud ishi hisoblanadi.

To‘raqulovga ochilgan ilk sud ishi o‘tgan yilning 25 oktyabrida yakunlanib, MXX (hozirgi DXX) sobiq polkovnigi 14 ta modda bo‘yicha aybdor deb topilgan va 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Keyinchalik To‘raqulov ustidan yana 10 ga yaqin modda bo‘yicha yangidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda sud davom etmoqda.

Kassatsiya sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilayotgan ushbu ish Nodir To‘raqulovdan jabrlanganlardan biri — Germaniyaning International Spedition Willi Bets shirkatining O‘zbekistondagi vakillarining shikoyat arizasi asosida qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi tomon Nodir To‘raqulovni nemis shirkatiga qarashli 17 dona Mercedes-Benz Aktros avtomashinasini noqonuniy hibsga olib, shirkatga 4 800 000 yevro miqdorida zarar yetkazganlikda ayblamoqda.

2018 yilning 25 oktyabr kuni Nodir To‘raqulovga oid sud hay’ati nemis shirkati vakillarining da’vo arizasini qanoatlantirmasdan rad qilgan.

Nodir To‘raqulov ishi bo‘yicha guvohlar va jabrlanuvchilar bilan suhbatlashgan «Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, To‘raqulovga nisbatan ochilgan ikkinchi jinoyat ishi doirasida u yana 10 ga yaqin modda bo‘yicha ayblanmoqda.

Tashanovning aytishicha, Nodir To‘raqulovga nisbatan odam o‘g‘irlash, qotillik, qiynoqqa solish singari yana o‘nga yaqin modda bilan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirilgan.

Jinoyat ishida protsessual Kodeksning davlat sirlariga oid qismi mavjudligi bois sud yopiq tarzda o‘tmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar