“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 17:52
ЎЗO‘Z

Kiyik oviga chiqqan brakonerlar inspektorlarning mashinasiga qarata o‘q uzdi (foto, video)

07 sen, 10:20 4 596 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kiyik oviga chiqqan brakonerlar inspektorlarning mashinasiga qarata o‘q uzdi (foto, video) Mo‘ynoq tumani hududida brakonerlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qildi. Bu haqda «Daryo»ga qo‘mita mutasaddisi ma’lum qildi.

Inspektorlarga qarata uzilgan o‘qlar ular mingan avtomashinaning 10 ta joyiga teggan. Kishilar omon qolgan.

Ta’kidlanishicha, noqonuniy ovchilar 4-5 kishidan iborat bo‘lib, ularga o‘rmon xo‘jaligi xodimi ham hamrohlik qilgan.

Ovchilarning kiyik ovlashga chiqqanligi aytilmoqda.

— Kecha bizga qorao‘zaklik noqonuniy ovchilar kiyik ovlashga chiqqan, degan signal bo‘lgan edi. Ular mashinasida kiyik bo‘lganligi uchun qo‘lga tushmaslikka harakat qilib qochgan va inspektorlarning avtomashinasiga qarata o‘q uzgan. O‘qlar avtomobilning radiatori va kapotiga tegib, yura olmay qolgan, — deydi ismi-sharifini ochiqlamagan mutasaddi.

Ayni paytda brakonerlar qo‘lga olingan va Qorao‘zak tumani ichki ishlar bo‘limida saqlanmoqda.
Hozircha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatidan bu to‘g‘risida ma’lumot olishning iloji bo‘lmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, brakonerlar 20 bosh kiyikni otib o‘ldirgan.

Опубликовано Наргис Косимова Пятница, 6 сентября 2019 г.
brakoner, Mo‘ynoq, kiyik ovi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 1
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 364
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 44
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Bo‘limlar